EHTIYOTKORLIK – XAVFSIZLIK GAROVI

Xalqimizda “O‘t balosidan, suv balosidan asrasin”, degan naql bejiz aytilmagan. Zero, tilsiz yov bilan kurashish faqatgina yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlarining emas har bir fuqaroning burchidir.

Mamlakatimizda bu borada ko‘plab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan joylarda, aholi o‘rtasida yong‘in xavfsizligi qoidalarini tushuntirish va ularga rioya qilish bo‘yicha uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Bundan tashqari ommaviy axborot vositalari orqali ham targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Amalga oshirilayotgan tadbirlardan ko‘zlangan maqsad aholi o‘rtasida yong‘inga qarshi kurashni kuchaytirishdan iborat. Yong‘in xavfsizligini ta’minlashda quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim:

– Ochiq alangadan foydalanayotganda ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish.

– Elektr va gaz asboblarini doimo soz holda tutish va nosoz, qo‘lbola tayyorlangan elektr va gaz asboblaridan foydalanmaslik.

Yuqoridagi qoidalarga rioya qilinsa, har bir fuqaro o‘z uy-joyini, mol-mulkini, yaqin kishilari hayotini asrab qolgan bo‘ladi.

Faxriddin ARIPBOYEV,

24-harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismi katta inspektori, serjant,

Rustam ISHPO‘LATOV,

Shayxontohur tumani IIB YOXB inspektori, serjant

Yana o‘qing:  Mutaxassislar har kuni bodring iste’mol qilishni maslahat beradi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: