BAHORGI KOSMETIK MUOLAJALAR

Bahorda kishi o‘z ruhiyatida faslning quvonchlari bilan bir qatorda lanjlik, ish qobiliyatining pasayishi kabi holatlarni ham his qiladi. Bu faslda darmondorilarning taqchilligi organizmdagi moddalar almashinuviga salbiy ta’sir qiladi. Natijada soch to‘kiladi, tirnoqlar mo‘rtlashadi, yuz terisiga sepkil, dog‘lar tushadi.

Sabzavot va mevalarni, tarkibida temir, magniy, kaliy, kalsiy, rux kabi elementlari bo‘lgan dori vositalarini ichib yurish asab, yurak qon-tomir tizimini, qalqonsimon bezi va teri hujayralari faoliyatini yaxshilab, organizmning qarish jarayonini sekinlashtiradi. Tashqi tomondan qilingan muolajalar ham yuz terisini bahorgi muammolardan xalos etadi. Quyidagi oddiy, uy sharoitida qilinadigan muolajalar yuz terisini parvarishlashda sizga qo‘l keladi, degan umiddamiz. Bahor va yoz oylarida bilib-bilmay duch kelgan kremni surtib ko‘chaga chiqish mumkin emas. Chunki, kremlar quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’sirida yuzga har xil dog‘ va sepkillar tushirishi mumkin.

  • Tozalangan yuz terisiga xona haroratida ilitilgan qatiqni surtib, 10 daqiqadan so‘ng yuviladi. Qatiqli, sutli muolajalar yuz terisini oziqlantirib, oqartiradi.
  • 1 osh qoshiq maydalab tuyilgan suli yormasiga 1 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, 1 osh qoshiq sut, 1 choy qoshiq ilitilgan asal qo‘shib, bu mahsulotlarni obdon aralashtirib, yuzga surtiladi, muolaja 15 daqiqa davom etadi. Bunday muolaja yuz terisini tozalab, oqartiradi.
  • Agar yuz ko‘p terlaydigan bo‘lsa, kun davomida bir stakan qaynagan suvga 1 osh qoshiq dalachoy qo‘shilgan damlama bilan yuz terisi artib yurilsa, kifoya.
  • Har kuni ertalab ko‘chaga chiqishdan avval yuzni yarim stakan qaynab sovutilgan suvga yarimta limon siqib tayyorlangan losonga artib yurilsa, yuz terisini oqartirib, sepkillarni rangsizlantiradi.
  • Bir dona qirg‘ichdan o‘tkazilgan xom kartoshkaga bir necha tomchi o‘simlik yog‘i, 1 osh qoshiq sut va tuyilgan o‘rik danagining mag‘zi qo‘shib, yaxshilab aralashtiriladi. Muolaja 20 daqiqa davom etsa, yuzni oziqlantirib, sepkillarni yo‘qotadi.
  • Ko‘pirtirilgan 1 ta tuxum oqiga 1 choy qoshiq limon sharbati, 1 dona qirg‘ichdan o‘tkazilgan olma aralashtiriladi. 20 daqiqa davom etadigan bu muolaja yuz terisini oqartirib, yog‘sizlantiradi.
  • 1 dona xom tuxum sarig‘iga 2 choy qoshiqdan olma va limon sharbati, 2 choy qoshiq tvorog, 1 choy qoshiq o‘simlik yog‘i qo‘shib aralashtiriladi. Ushbu aralashma 20 daqiqa tursa, quruq yuz terisini oziqlantirib, oqartiradi.
  • Qirg‘ichdan o‘tkazilgan sabziga bir dona tuxum sarig‘i, bir osh qoshiq sut, bir osh qoshiq un qo‘shib aralashtiriladi. Aralashma 20 daqiqa yuzda saqlansa, yuz terisini oqartirib, sepkillarni rangsizlantiradi.
Yana o‘qing:  TOZALIK – SOG‘LOM HAYOT GAROVI

Feruza ABDULLAYEVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: