Zarrin nurlar shifosi

Bugungi kunda badanni qoraytirishning bir necha xil usullari mavjud. Bulardan keng tarqalgani quyoshning ultrabinafsha nurlari yoki sun’iy yorug‘lik manbai (kvars lampasi) ta’sirida tanani qoraytirishdir.

Bundan tashqari, turli krem va boshqa zamonaviy vositalar yordamida terini qoraytirish keng ommalashdi. Oftob tig‘i ta’sirida badan terisi tik va qaytgan quyosh nurlari (ya’ni tent, soyabon tagida) ta’sirida tabiiy ravishda qorayadi. Ba’zan soyada tursa ham badan sal qorayishi mumkin.

Shuningdek, oftobda toblanishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim.

1. Badanni quyosh nuri ostida asta-sekin, dastlab 5-10 daqiqadan boshlab qoraytira borish va oftobda uzoq turmaslik kerak.

2. Badanni oftobda ovqatlangandan so‘ng kamida 1 soat o‘tgach toblash kerak. (Nahorda yoki bevosita ovqat yeyish oldidan quyoshda toblanish yaramaydi.

3. Quyoshda toblanayotganda ko‘zoynak va boshni oftobdan saqlash uchun bosh kiyim kiyishni unutmang!

4. Kun qizdirgan paytda (soat 11 dan yuqori bo‘lgan vaqt oralig‘ida) oftob tig‘ida uxlash yaramaydi.

5. Badan terisi bir tekisda qorayishi uchun teriga avval yong‘oq, chinnigul yoki boshqa o‘simlik moyini surish tavsiya etiladi.

Eslatma! Homilador ayollarga oftobda toblanish mumkin emas!

Quyoshda toblanayotganda yuz terisi qorayib ketmasligi uchun bahor va yoz oylarida ertalab va kunduzi himoya kremlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Toblanish jarayonida kerakli qoidalarga o‘z vaqtida amal qilinmasa, quyosh ta’siridan so‘ng terida dermatit paydo bo‘lishi, organizmning issiqlab ketishi, oftob urishi mumkin. Quyosh nuri ta’sirida paydo bo‘ladigan dermatit ko‘pincha badanning tegishli joyidagi terining qizarib ketishi va sal shishib chiqishi kuzatiladi. Bunday holda oftobda toblanishni to‘xtatish, terining zararlangan joylarini quyosh nuri ta’siridan pana qilish, shuningdek, unga sovuq kompress qo‘yish, kuygan joylarga shish, achishishni bartaraf etish uchun tirnoqgul moyi surish kerak. Bunday dermatit (teri yallig‘lanishi) natijasida terida turli qavariqlar paydo bo‘lsa, zudlik bilan dermatolog vrachga borish zarur.

Unutmaslik lozim, badanni qoraytirish hammaga ham foyda beravermaydi. Har bir organizm o‘ziga xos bo‘lib, oftob nuri ba’zi kishilarga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Misol uchun, keksa yoshdagi kishilar, 2 yoshgacha bo‘lgan go‘dak bolalar, shuningdek, xronik(surunkali) o‘pka kasalliklari, nevrasteniya va yurak qon tomir kasalliklari bilan og‘rib yurgan kishilarga oftobda uzoq turish yaramaydi.

Yana o‘qing:  UYINGIZDA GO‘DAK TUG‘ILDI (davomi)

Oftob nurlariga nisbatan organizmda o‘ta sezuvchanlikning oshib ketishi hollari ham uchrab turadi. Bu ayniqsa, albinoslar, ya’ni butun badanidan tortib, qosh va sochlariga qadar oppoq rangda bo‘lgan kishilarga xos holatdir. Bunday kishilarda ozgina quyosh ta’sirida ham terida dermatit paydo bo‘lishi, kasallik birmuncha og‘ir o‘tishiga sabab bo‘ladi. Quyosh nurlariga o‘ta sezgir kishilar oftob qizdirgan pallada ko‘chaga chiqishdan avval badanining ochiq joylariga himoyalovchi kremlar surtishi, ko‘chaning soya tomonidan yurishi lozim. Ular bahor va yoz paytlarida janubiy kurortlarda dam olishi, hatto o‘rta va shimoliy mintaqada ham plyajlarga borishi mumkin emas.

Nargiza UGLAMOVA tayyorladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: