Xitoyda stomatolog robot birinchi marta odam ishtirokisiz operatsiya o‘tkazdi

Xitoyda ishlab chiqilgan stomatolog robot birinchi marta shifokorlar ishtirokisiz bemorni operatsiya qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Robot bemorga 3D-printerda chiqarilgan ikkita sun’iy tish qo‘ydi. Operatsiyadan avval shifokorlar harakatlar yo‘nalishi va burchagini belgiladi hamda yangi tishlar joyiga maksimal darajada aniq joylashishi uchun chuqurlik parametrlarini ham o‘rnatdi.

Ta’kidlanishicha, robot implantlarni 0,2—0,3 millimetr xatolik bilan o‘rnatgan, bu esa barcha standartlarga javob beradi.

Ekspertlar so‘zlariga ko‘ra, Xitoy uchun bunday ishlanma ayniqsa dolzarb, chunki mamlakatda malakali dantistlar yetishmaydi.

Yana o‘qing:  Nima uchun ovqat bilan yoki undan keyin suv ichish mumkin emas?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: