VIRTUAL HAYOT XAVFI
Olimlarning so‘zlariga qaraganda, ko‘p hollarda ota-onalar farzandlarining ijtimoiy tarmoqqa berilib ketishlariga e’tiborsiz munosabatda bo‘lishadi. Natijada esa aksariyat o‘smirlar virtual olamning “vassal”iga aylanadi.
Tadqiqotchilar 753 nafar ko‘ngilli o‘smirlar bilan birgalikda tajriba o‘tkazishdi. O‘smirlarning ta’kidlashicha ular tez-tez ijtimoiy tarmoqlardan foydalanib turadi. Ulardan olingan natija esa juda xavotirli bo‘ldi. Aniqlanishicha, ijtimoiy tarmoqdan 2 soatdan ortiq foydalanish o‘smirlar orasida o‘z joniga qasd qilish ehtimolini sezilarli darajada oshiradi.
Olimlar o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqdan uzoqlashtirib real hayotga bo‘lgan qiziqishini orttirishda ota-onalarning roli katta ekanligini ta’kidlashmoqda.
Xurshida HUSENOVA