Ukropning shifobaxsh xususiyatlari

Ukrop – namlik va yorug‘lik talab qiladigan, sovuqqa chidamli bir yillik o‘simlik. Bo‘yi 90 sm gacha yetadi, iyun-iyul oylarida gullaydi.

Ukrop haqida 5000 yillar oldingi misr qo‘lyozmalarida eslatmalar bor. Qadimgi yunonlar ukrop ko‘kati va urug‘idan dorilar tayyorlashgan, ovqatga ishlatishgan.

Ukrop tarkibida efir moyi, pektin, flavonoidlar, karotin, xlorofill, S, V1, V2, V5, V9, RR vitaminlari, kaliy tuzi, fosfor, temir, xlorogen kislotasi mavjud.

Ukrop urug‘ida efir moyi, sellyuloza, flavonoidlar, yog‘, shakar, karotin va ozotli moddalar to‘planadi.

Ukropning hidi juda o‘tkir. U ovqatga maza va bezak beradi, ishtahani ochadi. Ukrop salat, qayla, sho‘rva, baliqli, go‘shtli, sabzavotli ovqatlarga qo‘shiladi. U ovqatdagi tuz miqdorini kamaytiradi. Qurutilgan ukropni boshqa o‘simliklar bilan aralashtirib o‘tkir hidli ziravorlar tayyorlanadi, urug‘idan esa choy va sirkani xushbo‘ylashtirishda foydalaniladi.

Ukrop va uning urug‘i davolovchi vosita sifatida an’anaviy va xalq tabobatida keng qo‘llaniladi. Bu ko‘kat safro va siydik haydash xususiyatiga ega bo‘lib, qovuq yallig‘lanishi va buyrak kasalliklariga qarshi samarali kurashadi. U qisqa vaqt ichida uyqusizlik va bosh og‘rig‘ini bartaraf qilishi mumkin. Ukrop damlamasi tomirlarni kengaytirish va qon bosimini tushirish xususiyatiga ega.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Atrofimizdagi mikrodunyo

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: