Tabassum insonning sog‘lom ko‘rinishiga sabab bo‘ladi

Buyuk britaniyalik tadqiqotchilar tabassum qilib yuruvchilar g‘amgin odamlarga nisbatan sog‘lom ko‘rinishini aniqladi. Mutaxassislar turli odamlarning sog‘liq holatini ularning tashqi ko‘rinishiga qarab baholash uchun ko‘ngillilar ishtirokida so‘rov o‘tkazdi.

Tadqiqot natijasida, samimiy tabassum qiluvchi odamlar neytral yoki g‘amgin ko‘rinishga ega odamlardan ko‘ra sog‘lomroq ko‘rinishi ma’lum bo‘ldi.

Bundan oldin G‘arbiy Ontario universiteti olimlari tabassum qiluvchi odamning yoshi kattaroq ko‘rinishini isbotlagan edi. Bunday insonlar boshqalarga nisbatan ikki yosh kattaroq ko‘rinadi. Tadqiqotchilar fikricha, bunga tabassum tufayli ko‘z atrofida paydo bo‘ladigan ajinlar sabab bo‘ladi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Keksalarga tibbiy ko‘mak

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: