Shakar saraton hujayralarining tez shakllanishiga sabab bo‘ladi

Tadqiqotchilar to‘qqiz yil davomida saraton kasalligi va shakar o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rgandi. Natijalar tadqiqotchilarni hayron qoldirdi, deb xabar beradi Zee News nashri.

Shakar saraton hujayralarini qo‘zg‘atadi va o‘smalarning yanada agressivlashuviga sabab bo‘ladi. Saraton hujayralari shakarni tez parchalaydi, bu esa o‘z navbatida yangi hujayralarning tez o‘sishiga olib keladi. Parchalanish jarayoni sog‘lom hujayralarning shakllanishidan ko‘ra tezroq sodir bo‘ladi.

Moddalar almashinuvidagi bunday buzilish Varburg ta’siri deb ataladi. Saraton hujayralarining shakarni yuqori faollikda sarf qilishi saraton rivojlanishini muntazam rag‘batlantirib turuvchi yopiq doirani yuzaga keltiradi. Olimlar Varburg ta’siri va ma’lum o‘smalar o‘rtasidagi aloqani shu orqali izohlab o‘tdi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Tungi smenada ishlovchilar semirish va diabet kasalligiga yo‘liqishi mumkin

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: