Saratonning qaytalanish xavfini oldindan aniqlashning yangi usuli

Lion universiteti shifoxonasi tadqiqotchilari siydik pufagi saratonining qaytalanish xavfini aniqlash imkonini beruvchi yangi usul o‘ylab topishdi: siydikdagi oqsil miqdorini o‘lchashning o‘zi yetarli. Bu usul kasallikning qaytalanish ehtimolini baholash uchun o‘tkazilayotgan joriy kundagi sitologik tekshiruvlardan ko‘ra oddiy va aniqroq, deb xabar beradi UPI.com.

Tadqiqotda siydik pufagi saratoniga yo‘liqqan 348 kishi qatnashdi. Tadqiqotchilar ularning siydigidagi TERT oqsili darajasini o‘lchab ko‘rishdi. Yangi tekshiruv orqali kasallik qaytalanishi xavfini bemorlarning 80 foizdan ortig‘ida aytib berish mumkin. Sitologik testlarda esa bu ko‘rsatgich 34 foizni tashkil etadi.

Shuningdek, yangi usul saratonni siydik pufagi devorlariga tarqalmasidan va simptomlar paydo bo‘lishidan oldin aniqlash imkonini beradi. Bundan tashqari, u kasallikni siydik chiqarish yo‘li infeksiyasidan farqlashda ham yordam beradi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Hayot guli so‘lmasin

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: