SARATONNI ANIQLOVCHI BURUNLAR

Ko‘plab davlatlar tibbiyotida bemorda saratonni aniqlash uchun maxsus o‘rgatilgan itlardan foydalaniladi. Ma’lum bo‘lishicha, bu jonivorlar inson organizmidagi saraton hujayralarini aniqlash bilan birga kasallikning qaysi turga tegishli ekanini ham ajrata olar ekan.

Bu sohadagi eng mashhur “mutaxassis” bu Merin laqabli labrador-retriver itidir. U Janubiy Koreyadagi onkologik kasalxonalardan birida “faoliyat yuritadi”.

Ushbu “shifokor” itning qobiliyatidan ruhlangan isroilliklar tibbiyotda foydalanish uchun “sun’iy burun” o‘ylab topishdi. Ushbu “burun”ning vazifasi Merin bilan bir xil, ya’ni, saraton hujayralarini aniqlash.

Buning uchun bemor o‘sha burunga o‘rnatilgan maxsus naychaga “puf”lasa bo‘lgani. Kompyuter bemorda kasallik bor-yo‘qligi va agar bor bo‘lsa, qaysi turiga mansubligini aniqlab beradi.

Shuni ta’kidlash lozimki, ushbu elektron burun Merinning burnidan ko‘ra bir necha barobar aniqroqdir.

F.TOLIPOV

Yana o‘qing:  DIPLOMLAR TOPSHIRILDI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: