Osteomiyelit qanday kasallik?

Osteomiyelit – ko‘mikning yallig‘lanishi. U ko‘pincha odam skeleti g‘ovak suyaklarining bo‘g‘imga yaqin joyida uchraydi. Kasallikka yiringlatuvchi mikroblar (stafilokokk, streptokokk) sabab bo‘ladi. Mikroblar suyak to‘qimasiga uzoqdagi yiring o‘chog‘idan, masalan, chipqondan, anginada yallig‘langan murtak bezlaridan, yangi tug‘ilgan bolalarda infeksiya tushgan kindikdan qon oqimi (gematogen yo‘l) bilan kelishi mumkin. Yallig‘lanish sil, zaxm kasalliklari oqibatida ham paydo bo‘ladi.

Kasallikning o‘tkir va surunkali turlari bor. O‘tkir gematogen osteomiyelit odatda 8-17 yoshda ro‘y bera-
di. Ko‘pincha, badan sovqotgach yoki lat yeganda to‘satdan boshlanadi. Bemor
junjikib, harorati 39-40 darajagacha ko‘tariladi, pulsi tezlashadi, ko‘z
oldi qorong‘ilashadi, uxlay olmaydi, alahlaydi. So‘ngra yallig‘langan suyak
og‘riydi, ustidagi teri shishib, qizaradi. Yiring yorib chiqqanda, harorat pasayib, bemorning ahvoli
yaxshilanadi. Osteomiyelit oqibatida yiringli artrit rivojlanishi,
suyak sinishi, sepsis paydo bo‘lishi mumkin. Qonda leykotsitlar ko‘payadi.
Kasallik sovuqda uzoq vaqt qolib ketish, suyakda operatsiya o‘tkazish jarayonida infeksiya tushishi, jarohat-
larni vaqtida davolamaslik oqibatida ham kelib chiqishi mumkin.
Asosan yosh bolalarda kuzatiladigan ushbu suyak kasalliklarining
oldini olishda to‘g‘ri ovqatlanishga
e’tibor qaratish, sport bilan doimiy ravishda shug‘ullanish, uyqudan
oldin ovqatlanmaslik lozim.
Osteomiyelit tez-tez qaytalanib,
odam tanasining butun a’zolariga o‘z
ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Bunda
bo‘g‘imlarda, asab tizimida, qon-tomir, yurak, buyrak, jigar va boshqa
yumshoq to‘qimalarda o‘zgarishlar
kuzatiladi. Osteomiyelitga uchragan
naysimon suyaklarda esa patalogik sinish, katta hajmda suyak to‘qimasining
chirishi, suyak defekti, yolg‘on bo‘g‘im,
suyak to‘qimasining o‘sishdan to‘xtashi
va suyak hosil qiladigan bo‘g‘imlarning tiklanishida og‘ir o‘zgarishlar
paydo bo‘lishi mumkin.
Agar bemor kasallikni tezda sezib, vaqtida davolansa, asoratlarsiz
sog‘ayib ketadi. Ammo suyak yemirilib,
yiringlash qonga tarqalgan bo‘lsa, sezilarli asoratlar qoladi. Kasallik
kompleks va operatsiya usulida davolanadi. Osteomiyelitdan ortopedik
asoratlar qolmasligi ham mumkin.
Har bir inson o‘z salomatligi uchun
qayg‘urmog‘i shart. Agar u o‘z sog‘ligiga e’tibor bermas, jarohatlardan
saqlanmas ekan, bir umr majruh bo‘lib qolishi, davosi yo‘q kasalliklar-
ga duchor bo‘lishi mumkin. Atrofda millionlab kasallik infeksiyalari
izg‘ib yurgan bir paytda ehtiyotsizlik
qilib turli kasalliklarni yuqtirib
yoxud orttirib olish ortiqcha.
Bugungi kunda dunyoda onkologik kasalliklar tarqalishi bo‘yicha birinchi o‘rinda tursa, jarohatlar va boshqa
sabablar bilan suyak yemirilishi kasalliklarini orttirib olish, natijada bir umrga majruh bo‘lib qolish
2-o‘ringa chiqib ulgurganini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik darkor.

Yana o‘qing:  7 kun davomida

Yu.RAHMATULLAYEV,
bolalar jarrohi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: