Limonning foydali xususiyati

Limon organizmni tozalash xususiyatiga ega. Suvga aralashtirib ichilgan limon organizmni xiltlardan xalos etadi.

Oshxonada foydalaniladigan idishlarni noxush hidlardan bartaraf qilishda mazkur meva yaqindan ko‘mak beradi. Idish ustiga biroz tuz sepib kesilgan limon bo‘lagi bilan arting. 15 daqiqadan so‘ng esa idishni toza suvda chayib olishingiz mumkin.

Kiyimdagi dog‘ni tez fursatda bartaraf qiladi. Oq rangdagi kiyimlarni yuvishdan yarim soat oldin ularni limon sharbati va ichimlik sodasi aralashtirilgan suvga botirib qo‘ying. Yuvilgach dog‘lardan xalos bo‘lgan kiyim rangi oppoq holatga qaytadi.

Tirnoqlaringizni mustahkam va go‘zal bo‘lishini istasangiz ushbu meva sizga yaqindan yordam beradi. Issiq suvga limon sharbatini aralashtirib tirnoqlarni vanna qilishingiz mumkin.

Husunbuzarlardan xalos etib, terini rangini oqartiradi. U teri rangini oqartirish xususiyatiga ega. Mazkur meva yuz terisidagi dog‘larni bir zumda bartaraf etadi. Bu uchun limon bo‘lagi bilan yuz sohasini artish kifoya.

Ovqat hazm qilish faoliyatini yaxshilaydi. Qaynatilgan suvga aralashtirilgan limon va asalni iste’mol qilish ovqat hazm qilish faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi.

Yoqimsiz hiddan xalos etadi. Sarimsoq va baliqdan taom tayyorlash natijasida qo‘ldan badbo‘y hid keladi. Buni bartaraf qilish uchun limon sharbati bilan qo‘llarni artish, so‘ngra yuvib tashlash mumkin.

Sovutgichdagi yoqimsiz hiddan qanday qutulishni bilmayapsizmi? Unda muammodan qutulishning eng oson yo‘li bilan tanishing:limon sharbatiga botirilgan gubka bilan sovutgichni artib chiqing.

Mazkur mevani ikkiga bo‘lib, ichini tozalab oling va tuproq solib gul o‘tkazing. Limon tarkibidagi sharbat o‘simlikning tez fursatda o‘sishiga ko‘mak beradi. So‘ngra uni tuvakka o‘tkazish mumkin.

Oyoq kiyimdagi noxush hidlarni bartaraf etadi. Buning uchun kechki payt  limon po‘stlog‘ini oyoq kiyim ichiga joylashtirib chiqiladi, po‘stloq badbo‘y hidni o‘ziga shimib oladi.

Immunitetni ko‘tarib, organizmni mustahkamlaydi. Mineral suv bir choy qoshiq ichimlik sodasi va limon sharbati bilan aralashtiriladi. Bu ichimlik ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, jigarni tozalaydi va organizmdagi xolesterin miqdorini nazorat qiladi.

 

Xurshida Husenova

Yana o‘qing:  Soch to‘kilyaptimi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: