Bola taomnomasidagi birinchi meva

Ibn Sino «Tib qonunlari»da aytadi:

«Har kuni yotishdan oldin bir dona olma yeyish yurakni baquvvat qiladi».

Olma bolajonlarning sevimli mevalaridan biri bo‘lib, uni har bir faslda sevib tanovvul qilishlari mumkin. Ushbu meva tarkibidagi bir qancha darmondorilar go‘daklar uchun muhim ozuqa sanaladi. Xushta’m mazasi va zarur ozuqaviy quvvatga ega bo‘lgan olma haqida nimalarni bilaciz? Farzandingiz taomnomasiga olma sharbati va shunga o‘xshash olmali yeguliklarni qo‘shganmisiz?

Eng mazali va darmondoriga boy mevalar oftob tig‘ida qizarib pishganidir. Olma tarkibida V1, V2, V6, S, K, R, Ye, foli kislota, karotin, kaliy, kalsiy, fosfor, yod, pektin, saxaroza, temir moddalari va organik kislotalar mavjud. Uning tarkibidagi temir moddasi esa kamqonlikda gemoglobin miqdorini oshirishda yordam beradi. Tanadagi ortiqcha xolesterinni kamaytiradi. Shuningdek, ovqat hazmini yaxshilab, ichak mikroflorasini tiklaydi.

Olma qoqisi esa glyukozaga boy bo‘lib, bir qancha mikroelementlar majmuasidan iboratdir. Quritilgan olma o‘zida foydalilik xususiyatini saqlab, ko‘pgina mikroelementlarga to‘yingan bo‘ladi. U nafaqat foydali balki mazali hamdir. Bolajonlarning milk va tishlari uchun ham olma nihoyatda foydalidir. Bu ularning tish va uning emal qavati mustahkamligini ta’minlaydi. Olmadagi pektin moddasi esa organizmdan toksin (zahar)larni haydaydi. Kletchatka bolaning ichini ravon keltirishga xizmat qiladi.

Emizikli bolalarga olma sharbatini dastlab 1 tomchidan berish lozim. Sekin-asta bu miqdor ko‘paytirib boriladi. Chaqaloq 3 oylik bo‘lganida buni amalga oshirish mumkin. Bu bilan kamqonlikni oldi olinadi. Olma sharbati bola organizmiga hech qanday salbiy ta’sir etmaydi. 6 oylik bolalarga olmani qirg‘ichdan o‘tkazib bo‘tqa (pyure) ko‘rinishida berish mumkin. 2-3 yoshga to‘lgan bolakay mustaqil ravishda o‘zi olmani yeya oladi. Katta yoshdagi bolalar har kuni 1 stakan olma sharbati ichishlari lozim. Agarda bola qorin og‘rig‘i yoki disbakterioz bilan og‘riyotgan bo‘lsa, bu paytda unga olma sharbatini vaqtincha bermay turgan ma’qul.

Olmani turli xil ko‘rinishda iste’mol qilish mumkin. Xoh quritilgani bo‘lsin yoki olma pyuresi, sharbat, murabbo ko‘rinishida bo‘lmasin bularning bari bolajonlar uchun nihoyatda foydali. Uni foydaliligini yanada oshirish maqsadida tvorog yoki yogurt ichiga qo‘shib berish mumkin.

Har kuni bir dona olma yeyish yurakka quvvat bag‘ishlab, ichni ravon keltiradi. Olmani ko‘p tanov­vul qilish insonni yoshartiradi. Sababi olma tarkibidagi bir qancha antioksidant moddalar tanamizdagi radikal toksin zaharli moddalardan tozalaydi. Bu esa organizm­ni yosharishiga olib keladi.

Yana o‘qing:  Yangi preparat saratonga qarshi immunitet tizimini kuchaytiradi

Shunday ekan bu meva yoshu qari salomatligi uchun nihoyatda foydalidir. Shifobaxsh olma organizmni kerakli darmondorilar bilan ta’minlaydi. Emizikli go‘daklar, bolalar va yoshi katta kishilarda kamqonlikni davolashda ham olmaning o‘rni beqiyosdir.

Nargiza Uglamova

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: