BEHOLLIKKA NIMA SABAB?

Yoki surunkali charchash sindromi

Surunkali charchash sindromi hozirgi kunda juda ko‘p uchraydigan xastalik hisoblanib, insonlarda muntazam ravishda bosh og‘rig‘i, uyquning buzilishi, umumiy kamquvvatlik va darmonsizlik bilan kechadi.

Bu kundalik turmush tarziga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 1860 yil nevrolog George Beard bir qancha, bir-biriga o‘xshash kasallik belgilarini birinchi bo‘lib jamlab, “nevrosteniya” sindromi deb atagan. “Nevrosteniya” sindromi ko‘p olimlar fikri bilan 1988 yilda “surunkali charchash sindromi”deya o‘zgartirildi. Bemorlar shifokorga eng ko‘p hollarda tez toliqish, kayfiyatning tushishi va bosh og‘rig‘iga shikoyat qilib keladilar. VII xalqaro bosh og‘rig‘i xastaliklariga doir anjumanning epidemiologik ma’lumotlariga ko‘ra (Toronto, 1995), Yevropa va Amerikaning 70 foizdan ortiq aholisi o‘tkir yoki surunkali bosh og‘rig‘iga, tez toliqish va uyquning buzilishiga shikoyat qiladi. Ba’zi hollarda bu belgilar kasallikning asosiy va hattoki, yagona tasnifi bo‘lishi mumkin. Ularga nevroz (asab buzilishi)lar, depressiya(ruhiy tushkunlik) holatlari, gipertoniya (qon bosimi oshishi) kasalligi, turli sababli arterial gipotenziya (qon bosimining tushishi), buyrak va endokrin tizimi patologiyalari, asab tizimining organik kasalliklari, LOR(tomoq, quloq, burun) a’zolari va ko‘z kasalliklari va hokazolar sabab bo‘lishi mumkin.

Tasnifi:

1988 yilda yaratilgan tasnifga asoslangan holda surunkali charchash sindromiga quyidagi omillar sabab bo‘ladi:

1. Yurak – qon tomir kasalliklari, arterial gipo yoki gipertenziya, tranzitor ishemik atakalar, arteriitlar, venoz trombozlar.

2. Qon tomirlarga bog‘liq bo‘lmagan boshdagi jarayonlar:

Yaxshi sifatli ya’ni, zararli bo‘lmagan kalla ichi gipertenziyasi (bosh suyagining ichidagi bosimning ortishi), past likvor bosimi, metabolik (moddalar almashinuvi jarayonlari) o‘zgarishlar bilan bog‘liq, endokrin o‘zgarishlar, ko‘z, quloq, burun yondosh bo‘shliqlari, (Gaymor bo‘shlig‘i) chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi xastaligi (Kosten sindromi), bosh miya juft nervlari kasalliklari (trigeminal nevralgiya, til-yutqun asab tolasi nevralgiyasi) kabi xastaliklar.

Shuningdek, intoksikatsiya (zaharlanish)lar va turli xil kimyoviy dori vositalarini iste’mol qilish, alkogol, uglerod oksid, kofein, vazodilatatorlar (nitroglitserin), adrenomimetiklar, antidepressantlar, ergotamin preparatlari, analgetiklarni nazoratsiz iste’mol qilish. Oxirgi sanab o‘tilgan omil alohida muhim ahamiyatga ega.

Chunki, ayrim bemorlar shifokor ruxsatisiz kuniga 4-6 dona tabletka analgetik moddalar iste’mol qiladilar. Bu esa abuzus, ya’ni dori vositalarini iste’mol qilish natijasida yuzaga kelgan bosh og‘rig‘iga sabab bo‘ladi.

Yana o‘qing:  BAKTERIYALAR koni

Bunday kasallik belgilari bo‘lgan bemorlar mutaxassisga murojat qilishlari shart va quyidagi ko‘rsatmalarga amal qilishlari kerak:

Kun tartibini to‘g‘ri tuzish jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanish, to‘g‘ri ovqatlanish, ya’ni sifatli va to‘yimli ovqatlanish, aqliy va jismoniy zo‘riqishning oldini olish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, ochiq havoda sayr etish, to‘yib uxlash hamda asab tizimiga turli salbiy ta’sir etuvchi zararli omillar, me’yorga e’tibor bermasdan uyali aloqa vositasi, kompyuterdan foydalanish, shuningdek, yarim kechasigacha televizor ko‘rish ham surunkali charchash sindromiga sabab bo‘ladi.

Yoqutxon MAJIDOVA,

TPTI “Nevrologiya, bolalar nevrologiyasi va tibbiy genetika” kafedrasi mudiri, professor

Latofat ZIYAXOJAYEVA,

tibbiyot fanlari nomzodi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: