Baland bo‘yli odamlarda vena tomirining to‘silib qolish xavfi yuqori bo‘ladi

Shvetsiyalik olimlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, novcha odamlarda vena tomirining to‘silib qolishi ko‘p kuzatiladi. Tadqiqotda qatnashgan kalta bo‘yli odamlarda bunday xavf ko‘rsatkichi juda past bo‘ldi, deb xabar beradi Zee News nashri.

Tadqiqotda 1951-1992 yillarda tug‘ilgan 1,6 milyondan ortiq shvetsiyalik erkaklar qatnashdi. Shu bilan birga, olimlar bir milyondan ziyod ayolning ma’lumotlarini ham tahlil qilib chiqdi. Tadqiqotchilar gavda va vena tomirlarida qon quyilib qolishi holati o‘rtasidagi bog‘liqlikni topishdi.

Bo‘yi 160 santimetrdan past erkaklarda yuqorida ko‘rsatilgan xastalik xavfi 188 santimetrdan baland bo‘lgan kishilarga nisbatan 65 foiz kamroq ekani ma’lum bo‘ldi. 155 santimetrdan past ayollarda ham xavf ko‘rsatkichi novcha (183 sm dan yuqori) ayollarga nisbatan 69 foiz pastroq bo‘ldi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Ko‘p mehnat qilish o‘z ishini yoqtiradiganlar uchun xavfli emas

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: