“Aqlli tish” yaratildi

Tayvanlik olimlar tomonidan “aqlli tish” yaratildi. Uskuna inson qancha muddat davomida oziq-ovqat mahsulotlarini chaynashi, kun davomida iste’mol qilinadigan suyuqlik miqdori, yo‘talish hamda bir kun mobaynida chekilgan sigaret miqdorini hisoblab boradi.

Shuningdek, uning yordamida respirator hamda ovqat hazm qilishning buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan kasallik belgilari darajasini oldindan aniqlash mumkin. “Tishlar” tunda yechib olinadi, tozalanib, quvvat olish qurilmasiga ulanadi. Bundan tashqari moslama tish shifokorlariga bemor tishlarining qay darajada mustahkamligi, uning g‘ichirlash holati bilan bog‘liq muammolarni aniqlashda ham asqotadi.

Xurshida HUSENOVA

Yana o‘qing:  TINIB-TINCHIMAGAN ODAMLAR

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: