YOSHLAR – YURT TAYANChI

Istiqlol muqaddas zaminimizda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimizning or-nomusi, iftixoriga aylandi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Umrboqiy an’analar, urf-odatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida kamol topayotgan yoshlarimiz esa tobora yurtimizning hal qiluvchi kuchiga aylanib bormoqda. Mamlakatimizda ularning barkamol va yetuk inson bo‘lib voyaga yetishishiga e’tibor qaratilmoqda. Zero, har tomonlama yetuk inson mamlakat tayanchidir. Tabiiyki, bunday g‘amxo‘rlik ularning katta hayotda o‘z o‘rinlarini topishlari uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Shu o‘rinda Buxoro viloyati Jondor Iqtisodiyot kasb-hunar kollejida o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun yaratib berilgan shart-sharoitlar haqida so‘z yuritish o‘rinlidir.

2012-2013-o‘quv yilida kollejda olib borilgan ma’naviy va ma’rifiy ishlar ko‘lami keng qamrovli bo‘lib, muntazam ravishda turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Kollejda har oyning birinchi juma kuni ma’naviyat kuni sifatida, har hafta juma kuni kollejda ma’naviyat soatlari o‘tkaziladi. Bu kabi tadbirlarda kollejning ko‘plab iqtidorli talabalari munosib ishtirok etadilar va taqdirlanadilar. Eng muhimi, yoshlarimizning ertangi kunidan ko‘ngli to‘q, shashti baland. Mana shunday yoshlar nafaqat yurt ishonchi, balki bugun va ertangi kun ravnaqini belgilab beruvchi kuchdir.

Aytish joizki, kollej rahbariyati, tomonidan, yoshlarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash, ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy merosni asrab-avaylashga o‘rgatish maqsadida Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasini o‘quvchilar ustozlar bilan ziyorat qilib kelishdi. O‘quvchilar u yerdan ma’naviy ozuqa olib qaytishdi.

Muattar Bayramova,

Jondor Iqtisodiyot kasb-hunar kolleji o‘quvchisi

Yana o‘qing:  NAQSHINKOR DO‘PPILAR SEHRI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: