Bizda ham qo‘llash mumkin-ku!

Bugun mamlakatizda bo‘layotgan keng miqiyosdagi o‘zgarish va yangilanishlarni ko‘rib, yurtdoshlarimiz qalbida “men ham insonlar og‘irini yengil qilsam, davlatimiz ravnaqi yo‘lida baholi qudrat o‘z hissamni qo‘shsam” degan ezgu maqsad jo‘sh urmoqda.

Bundan bir necha yil avval Germaniyaning DAAD fondi tomonidan grant asosida Gyottingen ilmiy tekshirish institutida malaka oshirish kursini o‘tab qaytdim. Gyote institutida ikki oy davomida nemis tilini o‘rgangach, shaharda qolib, boshpana izlashimga to‘g‘ri keldi. Ba’zi rasmiyatchiliklardan so‘ng barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ko‘p qavatli uylardan biriga joylashdim.

Birinchi gal binoga kirganimda yo‘lakdagi barcha chiroqlar o‘chgan holatda ekanligini ko‘rib, biroz hayron bo‘ldim. E’tibor bersam, birinchi qavatdagi chiroq yoqiladigan tugmaning o‘rtasi yorishib turibdi. Tugmani bosib, chiroqni yoqdim va ikkinchi qavatga ko‘tarila boshladim. Qizig‘i, pillapoyalar tugashi bilan chiroq o‘z-o‘zidan o‘chib qoldi. Bu holatdan biroz ajablanib, ikkinchi qavatdan pastga qaradim. “Chiroqni kim o‘chirdi ekan? deya biroz kutib turdim, lekin hech qanday oyoq tovushi eshitilmadi. Shundan keyin qavatdagi tugmani bosib, o‘z xonam tomon yurdim, eshik oldiga kelib, xonamni ochar-ochmas, yana yo‘lak chirog‘i o‘chdi. Keyin bilsam, bu yerdagi barcha elektr chiroqlari ma’lum vaqt yonib turishi uchun “taymer” orqali boshqarilar ekan.

Afsuski, bugun ba’zi yurtdoshlarimiz elektr energiyasidan ko‘p hollarda maqsadsiz foydalanishadi. Qolaversa, davlat tasarrufidagi yoki xususiy korxonalarga kirsangiz, kunduzi ham yoritish chiroqlari yonib turganining guvohi bo‘lasiz. Xo‘sh, axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda nega biz turmush tarzimizga ana shunday yangiliklarni joriy etmasligimiz kerak?! Masalan, bugun respublikamizda qurilayotgan ko‘p qavatli binolardagi umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan yo‘laklardagi chiroqlarga ana shunday moslamalar o‘rnatish mumkinku! Agar shunday yo‘l tutilsa, elektr energiyasini ancha tejagan, bu orqali mamlakatimiz iqtisodiyotiga katta foyda keltirgan bo‘lar edik.

 

Ahror AKBAROV,

Oliy harbiy bojxona instituti dotsenti

Yana o‘qing:  Umrimning nurga to‘lgan bahori

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: