Yolg‘onning misi chiqdi

Yurtimizda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan aholining tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratish hamda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishning har bir bosqichida mutasaddi idoralar tomonidan tizimli amaliy yordam ko‘rsatilishi ta’minlanmoqda.

Xususan, imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan ajratilayotgan namunali uy-joylar yurtdoshlarimiz farovonligi, oilalarimiz xotirjamligini ta’minlash sari tashlangan muhim qadam bo‘ldi. Lekin mana shu shinam xonadonning basavlat sohibiga aylanish yo‘lidagi orzusiga Sultonmurod Mirzaahmedov fuqaro Iroda Nazrullayeva (ism-familiyalar o‘zgartirirlgan) bilan sherikchilikda aldamchilikni kalit qildi.

S.Mirzaahmedov Toshkent shahrida imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan ajratilayotgan namunali uyga erishish maqsadida hech qayerda ishlamasligi, aniq bir daromad olishga imkoni yo‘qligini bilgan holda I.Nazrullayeva bilan jinoiy til biriktirib, 2017 fevral 16 mart kuni “Millenium Food” MCHJda menejer lavozimida ishlashi, yillik ish haqi 9.407.786 so‘m 80 tiyinni tashkil etish to‘g‘risidagi soxta ma’lumotnoma tuzib, rahbar imzosini qalbakilashtiradi.

 

 

So‘ngra korxona muhrini bosgan holda Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligining hududiy komissiyasiga taqdim etib, Sergeli tuman 6-dahasidagi 14-uy 88-xonadonning ajratilishiga erishadi. Ammo yolg‘onning umri qisqa deganlaridek, tez orada “qahramon”lar qilmishi fosh bo‘ladi.

– Joriy yilning 23 aprelida jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman sudi ochiq sayyor sud majlisi Sultonmurod Mirzaahmedov va Iroda Nazrullayevaga oid jinoiy ishni ko‘zdan kechirib, sudlanuvchilar va guvohlarning ko‘rsatmalari, to‘plangan materiallar bilan tanishib chiqdi, – deydi Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi raisi Yo. Haydarova. – Bag‘rikenglik, insonparvarlik tamoyillariga amal qilgan holda sud Sultonmurod Mirzaahmedov va Iroda Nazrullayevani ayblariga iqrorligi, qilmishlariga pushaymonligi, oilaviy ahvoli, muqaddam sudlanmaganligi, jinoyatning ijtimoiy xavfsizligi darajasini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 71-moddasiga binoan jazodan ozod etdi.

 

Bundan ming yillar avval ulug‘ bobomiz Yusuf Xos Hojib “Tana va nafsga erk berma va bo‘yin egma, uning istaklari ermak va o‘yin, alam va qayg‘u keltiradi” deb yozganida naqadar haq bo‘lganligini ushbu insonlarning afsus-nadomatlari, uyatdan xam bo‘lgan boshlari tasdiqlab turibdi. Shunday ekan hech birimiz to‘g‘ri yo‘ldan adashmaylik!

 

Go‘zal MATYOQUBOVA

Yana o‘qing:  Mirza polvonning kenja avlodi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: