Yangi yilga yangi uy

Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida istiqomat qiluvchi Valiyevlar oilasi ko‘pdan orziqib kutgan yangi uyga ko‘chib o‘tdi. Shinam hovli-joy, ayniqsa, to‘rt farzandning onasi Hulkaroyni chindan-da baxtli ayolga aylantirdi.

Aytish kerakki, bu kabi namunali uylarning qurishi qishloq joylarda istiqomat qilayotgan aholini birdek mamnun etmoqda. Hozirga qadar Chiroqchi tumani hududida ham bir nechta ana shunday uylar qad rostladi. Bu oshiyonlarda istiqomat qilayotgan oilalar hayotidan mamnun.

– Har bir ayol oila qurib, farzandlarining yaxshi kunini ko‘rishni orzu qiladi, – deydi Hulkaroy Qudratova. – Ayniqsa, shinam uylarda oila a’zolaringiz, farzandlaringiz davrasida tinch-totuv yashash chinakam baxtdir. Quvonarlisi, o‘tib borayotgan yilda biz ham ana shunday qulay va zamonaviy uy-joyga ega bo‘ldik. Bu oilamiz uchun Yangi yil bayramiga haqiqiy tuhfa bo‘ldi.

Darhaqiqat, ayol chinakam xalovatni oilasida topadi. Hulkaroy ham ana shunday baxtga erishganidan xursand. Aytish kerakki, u istiqomat qilayotgan yangi uyda barcha sharoitlar yaratilgan. Uy ichkarisiga kirganingizda esa uy bekasining didiga, orastaligiga qoyil qolasiz.

Yangi xonadon egalari bir-biri bilan ahil-inoq yashaydi. Bayram tantanalarini birgalikda nishonlaydi. Bir so‘z bilan aytganda bunday shinam xonadonlarda o‘sib-ulg‘aygan farzandlar el koriga yaraydigan barkamol shaxs bo‘lib kamol topadi.

Tilagimiz, bunday baxt barchamizga nasib etsin!

Mayna HASANOVA

Yana o‘qing:  Daxldorlik hissi bilan yashash har birimizning muqaddas burchimizdir

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: