Tibbiy yordamni asossiz rad etish. Bu tushunchaning izohi qanday?

…Kutilmaganda yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Og‘ir jarohat olgan yo‘lovchining hayoti xavf ostida qoldi. Uni zudlik bilan eng yaqin tibbiyot muassasasiga, deylik, ko‘z kasalliklari shifoxonasiga yetkazishdi. Biroq u yerda bunday bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmasligini aytib, boshqa shifoxona manzilini berishdi… Bemorni aytilgan shifoxonaga yetkazishgunicha uning ahvoli og‘irlashib, joni uzildi…

Bunday hollarda kim aybdor bo‘ladi: kutilmaganda falokatga uchragan fuqaromi yoki egniga najot xalatini kiyib, insonlar salomatligini asrashni o‘ziga burch deb bilgan bo‘lsa-da, bemorga birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatishdan bo‘yin tovlagan shifokormi?

Parlament quyi palatasida Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi tomonidan barcha partiya fraksiyalari a’zolari ishtirokida o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ayni masala xususida so‘z yuritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi “Shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida mamlakatimizda shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam mulkiy shakli va boshqaruvidan qat’i nazar barcha tibbiyot muassasalarida aholiga bepul ko‘rsatilishi, hayot uchun xavf tug‘diruvchi holatlarda tibbiyot muassasalariga shoshilinch tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan shaxslarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatishni rad etish taqiqlanishi belgilangan edi. Ushbu qaror talablaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga tegishli qonun loyihasi kiritildi.

 

Muxarram DADAXODJAYEVA,

Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi a’zosi, “Adolat” SDP fraksiyasi a’zosi:

Bundan tashqari, Prezident qarori va uning asosida tayyorlangan qonun loyihasi mazmuni o‘rtasida bir qancha farq mavjud. Bunda sub’yekt masalasiga aniqlik kiritish talab etiladi. Qarorda “tibbiyot muassasalari mansabdor shaxslarining javobgarligini belgilash nazarda tutilgan bo‘lsa, qonun loyihasida esa, mansabdor shaxslardan tashqari fuqaro, ya’ni tibbiyot muassasasi mansabdor bo‘lmagan xizmatchilarining javobgarligi ham belgilangan. Shuningdek, qarorda tibbiyot muassasasi tomonidan bemor qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, qonun loyihasida esa, bemorga aynan bevosita tibbiyot muassasasi binosida birinchi yordam ko‘rsatish asossiz rad etilganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etilgan. Bu o‘z navbatida, shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatishni asossiz rad etish holatlari yuzaga kelgan taqdirda mansabdor shaxslarning o‘z vakolatidan foydalanib, javobgarlikdan qutulib qolishi, oddiy xodimlarning esa javobgarlikka tortilishiga olib kelishi mumkin.

 

Zumrad BEKATOVA,

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi:

Qonun loyihasida keltirilgan norma belgilanadigan bo‘lsa, barcha tibbiyot muassasalarida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilishi shart bo‘lgan holatlar ro‘yxati Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, tasdiqlanishi kerak. Shu bilan birga mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha tibbiyot muassasalarida bunday holatlarda ko‘rsatiladigan tibbiy yordam hajmi belgilanib, zarur tibbiy jihozlar, dori vositalari va tibbiy buyumlarning eng kam me’yorlari ishlab chiqilishi lozim. Umuman, barcha tibbiyot muassasalarida birinchi va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur sharoit yaratilishi darkor.

 

Yana o‘qing:  Hunarmand bola oydin kelajakka zamin yaratmoqda

Qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish orqali tibbiyot muassasalari rahbar va mas’ul xodimlarining mazkur muassasalar tomonidan shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatishni asossiz ravishda rad etilgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortish ko‘zda tutilgan. Biroq, deputatlarning fikricha, har qanday huquqiy hujjat loyihasi qonunchilik talablari asosida pishiq-puxta ishlanishi kerak. Holbuki, hukumat kiritgan mazkur qonun loyihasida Prezident qarorida ko‘zda tutilgan vazifalar to‘la aks ettirilmagan. Jumladan, Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Inoyat XAJIYEVning ta’kidlashicha, nafaqat mazkur qonun loyihasida, balki mamlakatimizning boshqa qonun hujjatlarida ham “hayot holati xavf ostida bo‘lgan shaxslar”, “sog‘lig‘ining holati xavf ostida bo‘lgan shaxslar”, “shoshilinch”, “kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar”, “tibbiy yordamni asossiz rad etish” kabi tushunchalarga izoh berilmagan, ular huquqiy tavsiflanmagan.

 

X. HUSENOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: