Tibbiy tanlov komissiyasi: uning nogironlar, pensionerlar va bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish tartibi qanday?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 sentyabrdagi 659-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori asosida 2018 yil 1 yanvardan aholiga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahri Yunusobod tumani tibbiyot birlashmasi qoshida tibbiy tanlov komissiyasi (TTK) tashkil etilgan.

Qarorga muvofiq markaziy shifoxonalarda davolanish uchun olinadigan order tartibi soddalashtirildi. Ilgari aholi order olish uchun vazirlik, birlashma, yana boshqa idoralarga borib hujjat jamlardi. Endilikda Yunusobod tumanining jami 9 ta poliklinikasidan imtiyozga ega bo‘lgan bemorlar TTKga tibbiy hujjatlar bilan kelishadi. TTK bemorning statsionar sharoitda rejali bepul davolanishi uchun navbatga qo‘yadi. Bemor kechiktirmasdan davolanishga muhtoj bo‘lsa, shahardagi shifoxonalarning bo‘sh o‘rinlariga order bilan yuboriladi.

Tibbiy imtiyozga ega bo‘lgan bemorlar quyidagilar hisoblanadi: I va II guruh nogironlari, pensionerlar, urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar (Afg‘on urushi va Chernobil AES falokatida qatnashganlar), bolalikdan nogironlar va mahallada kam ta’minlangan oilalar ro‘yxatida turuvchilar. Ishlaydigan pensionerlar imtiyozga ega emas.

Shifoxonada bepul davolanish uchun imtiyozli order olish qoidasi quyidagicha: turar joy bo‘yicha oilaviy poliklinikadan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tib, umumiy amaliyot shifokori (UASH) tomonidan statsionar sharoitda davolanishga muhtojligi to‘g‘risida xulosa bilan ambulator kartadan ko‘chirma tayyorlanadi va TTKga yuboriladi.

TTKga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: ambulator karta (anketa), ambulator kartadan ko‘chirma, fuqarolik pasporti nusxasi, pensiya yoki nogironlik guvohnoma nusxasi. TTK statsionar sharoitda bepul davolanish uchun bemorni navbatga qo‘yib, imtiyozli orderga kelish oyini belgilab beradi.

Shuningdek, TTK tomonidan     0 dan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan bolalarga respublika tibbiyot muassasalariga, masalan, Pediatriya markazi, respublika terapiya va Reabilitatsiya markazi, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining klinika va poliklinikalarga tekinga davolanish uchun bepul yo‘llanmalar beriladi. 2018 yil 1 yanvardan 1 ming 600 dan ortiq order o‘z egalariga tarqatildi.

 

Orif JUMAYEV

Yana o‘qing:  Botindagi munozara

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: