Ta’til zavqi

Mamlakatimizda bolalarning istiqbolli kelajagi uchun qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ta’til kunlarida so‘lim maskanlarda oromgohlar tashkil etilib, ko‘ngilochar tomoshalar tashkillashtirilayotir. Bundan tashqari umumta’lim maktablarida kunduzgi oromgoh bilan yozgi sport sog‘lomlashtirish maydonchalarining faoliyati ham samarali yo‘lga qo‘yilgan.

Ayni kunda poytaxtimizdagi 36 ta umumiy ta’lim maktablarida 16 ming nafar o‘quvchi uchun kunduzgi oromgohlar tashkil etildi. Shu bilan birga deyarli barcha maktablarda yozgi sport sog‘lomlashtirish maydonchalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Xo‘sh, kunduzgi oromgoh bilan yozgi sport sog‘lomlashtirish maydonchasining farqi nimada? Bu savolga javob olish maqsadida poytaxtimizdagi 17-sonli umumta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Hulkar Alimbekova bilan suhbatlashdik.

– Kunduzgi oromgohlar bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkillashtirish bilan bir qatorda mehnat faoliyatidagi ota-onalarning ko‘ngil xotirjamligini ham ta’minlaydi. Bu yerda bolalar turli mashg‘ulotlar bilan band bo‘ladi. Foydali taomnoma, suzish havzasi, turli konsert dasturlari mazmunli hordiq samaradorligi uchun xizmat qiladi.

Yozgi sport sog‘lomlashtirish maydonchalarida esa turli xil to‘garaklar faoliyat olib boradi. Birgina bizning muassasada “Ingliz tili”, “Kompyuter savodxonligi”, “Musiqa”, “Raqs” “Amaliy san’at”, “Shaxmat va shashka”, “Futbol”, “Voleybol” kabi bir necha to‘garaklar ishlab turibdi. Shuningdek, turli xil seminar-treninglar, sport musobaqalari, mashhur kishilar bilan davra suhbatlari uyushtiriladi.

Darhaqiqat, yurtimizdagi deyarli barcha umumta’lim maktablarda yuqorida aytib o‘tilgan shart-sharoitlarga ega oromgohlar bolalar salomatligini yanada yaxshilash maqsadida tashkil etilgan. Mutasaddi tashkilot va homiylar bilan hamkorlikda mashg‘ulot joylari zaruriy jihozlar bilan ta’minlanmoqda.

Bolalarga quvonch ulashayotgan mazkur oromgohlar o‘quvchi-yoshlarning madaniy hordiq olishlarini ta’minlash bilan bir qatorda kelgusi o‘quv yilining a’lo kayfiyatda, yanada kuch-g‘ayratga to‘lib boshlashlari uchun zamin hozirlaydi.

Javlon SA’DULLAYEV

Yana o‘qing:  Noto‘g‘ri qadam

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: