Targ‘ibot ishlari natija bermasa…

Endi “Jinoyat haqiqati va adolat” tizimi ishlaydi

 

O‘tgan yil mamlakatimizda jinoyatlar 2016 yilga nisbatan 16 foizga, joriy yilning 6 oyida esa, o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 39 foizga kamaygan bo‘lsa-da, jinoyatchilikning ayrim turlari, jumladan, qasddan odam o‘ldirish, og‘ir tan jarohati yetkazish, talonchilik, bosqinchilik, o‘g‘rilik va firibgarlik kabi huquqbuzarliklar soni hamon yuqoriligicha qolmoqda.

O‘zingiz ayting: bu holat yurt ravnaqini o‘ylagan kishini tashvish solmay qo‘yadimi?

Eng asosiysi, jinoyatlarning kelib chiqish sabablarini o‘rganish, ildiziga yetish va jinoyat uchun jazo muqarrarligini xalqimiz ongiga yetkazish, ta’lim muassasalaridan tortib, barcha oilalarda, jamoat tashkilotlarida, mahalla va keng jamoatchilik orasida jamiyatimiz uchun jiddiy xavf bo‘lgan bunday illatlarga qarshi kurashish kerak bo‘ladi. Ayniqsa, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, o‘qimayotgan, ishlamayotgan, uyushmagan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarni tubdan takomillashtirish lozim. Biz deputatlar joylarda aholi bilan o‘tkazayotgan turli tadbirlar davomida buni chuqur tahlil qilgan holda ishlarimizni olib borishimiz darkor.

Bugun ichki ishlar tizimida eskicha ishlash qolipidan chiqolmayotgan ayrim xodimlar ham uchrab turgani, odamlarning dardu tashvishini his qilmaslik, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni oldindan ko‘ra olmaslik kabilar tizim ishining borishiga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda. Shuningdek, tezkor va xolis qaror qabul qilish borasida sohaning ba’zi xodimlarida malaka va tajriba, bilim yetishmayotgani ham ko‘zlangan natijaga erishishda salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani bejiz emas. Qolaversa, soha hali-hanuz eskicha ishlash tizimidan voz kecholmagani ham qaysidir ma’noda rivojlanishga to‘siq bo‘lib turibdi.

Joriy yilning 27 iyul kuni mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasidagi ishlarning bugungi holati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida endi jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha ishlar “Jinoyat haqiqati va adolat” deb nomlangan butunlay yangicha tizimda tashkil etilish qayd qilindi. Mas’ul rahbarlar joylarga borib, jinoyatlarning sabablarini o‘rganadi, muhokama qiladi, takrorlanishining oldini olishga qaratilgan aniq choralar ko‘radi. Bu nazarimda jinoyatlar sonining sezilarli darajada kamayishiga imkon yaratadi.

Albatta, bu borada hech qaysi davlat idorasi, jamoat tashkiloti chetda turmasligi lozim.

 

Abdug‘affor QIRG‘IZBOYEV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim,

Yana o‘qing:  Ezgu amallar ayyomi

va sport masalalari qo‘mitasi raisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: