Ranglarga burkangan olam

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga doir Davlat dasturi ijrosini ta’minlash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol, aqlan yetuk, jismonan baquvvat insonlar etib tarbiyalash, iqtidorli bolalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni rag‘batlantirish maqsadida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan keng doiradagi tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

1997 yildan buyon muntazam tashkil etib kelinayotgan “Kamalak jilosi” rasmlar ko‘rik-tanlovi ana shunday loyihalardan biri bo‘lib, ushbu festival iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularda tasviriy san’at va badiiy ijodga bo‘lgan qiziqishni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, O‘zbekis­ton Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, “Sen yolg‘iz emassan” jamg‘armasi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur bellashuv bu yil har qachongidan-da o‘zgacha ruhda o‘tdi. Tanlovda res­publikamizdagi “Mehribonlik” uylarining 1 ming 200 nafar tarbiyalanuvchisi ishtirok etib, viloyat bosqichlarida g‘olib deb topilgan 160 dan ortiq akvarel rasmlar va 100 dan ortiq amaliy san’at asarlari mazkur ko‘rik-tanlovning yakuniy bosqichiga taqdim etildi. Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan tasviriy asarlar yo‘nalishida 4 yoshdan 10 yoshgacha  bo‘lgan ishtirokchilardan 3 nafar, 10 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilardan Z nafar, amaliy san’at asarlari yo‘nalishida  4 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilardan Z nafar, 10 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilardan Z nafar jami 12 nafar g‘olib aniqlandi. Qolaversa, 10 ta nominatsiya bo‘yicha ham eng saralar saralandi.

Ko‘rgazma davomida Toshkent shahrining 21-, 22-, 23-, 30-“Mehribonlik” uylarining iqtidorli tarbiyalanuvchilari o‘rtasida tezkor rasmlar ko‘rik-tanlovi ham tashkil etilib, barcha ijodiy ishlar shu vaqtning o‘zida hay’at a’zolari tomonidan baholandi.

 

– “Kamalak jilosi”  rasmlar ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichida “Yuksaklikka intilgan Vatanim” nomli suratim bilan qatnashdim va yakunda faxrli 1-o‘ringa loyiq ko‘rildim. Bundan juda ham xursandman, – deydi Jizzax viloyatidagi 29-“Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchisi Shoxruh Meliboyev.

 

Tanlov so‘nggida g‘oliblar “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamda “Sen yolg‘iz emassan” jamg‘armasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

X.HUSENOVA

Yana o‘qing:  Qarilikni sekinlashtiruvchi modda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: