Onalik va bolalik: O‘zbekiston tanlagan yo‘l yoxud dunyoda inqirozga yuz tutayotgan qadriyat

Yangi yil arafasida Laziz Rahmatovning “Sog‘lom ona va bola: xalqaro amaliyot” kitobi “O‘zbekiston milliy  ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti tomonidan chop etildi.

Unda onalik va bolalik muhofazasi, bu yo‘nalishdagi amaliyot va muammolar xorijiy mamlakatlar tajribasi misolida keng yoritilgan. Xalqaro tashkilotlar, shuningdek, bu yo‘nalishni tadqiq qilgan xorijlik ilmiy muassasalarning fikrlari, xulosalari, tavsiya­lari haqida ham hikoya qilinadi. Asosiysi, kitobning mazmun-mohiyati bilan tanisharkansiz O‘zbekistonning onalik va bolalik muhofazasi borasida amalga oshirgan ishlarini, tajribalarini BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar, butun jahon ahli tan olganligiga yana bir bor amin bo‘lasiz. Ushbu kitob Toshkent shahar madaniyat muassasalari faxriylari jamoat birlashmasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan ajratilgan mablag‘ asosida tayyorlangan.

Quyida ushbu asardan qisman e’tiboringizga havola qilayapmiz.

 

Ona suti afzalliklari

Ona sutida uglevodlar ko‘p. Ular tarkibiga sutni normal hazm bo‘lishiga yordam beruvchi alohida moddalar(V-laktoza) kiradi. Uning tarkibidagi vitaminlar va mineral tuzlar o‘suvchi organizm talabini to‘liq qondiradi. Unda kalsiy va fosfor yaxshi nisbatda bo‘ladi, shuning uchun ko‘krak suti emgan bolalar raxit xastaligi bilan kam kasallanadi. Ayol sutida tuzlar, temir moddasi, mis, rux, kobalt va qon ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir qiluvchi boshqa mikroelementlar yetarli miqdorda bo‘ladi. Buning natijasida ko‘krak suti emgan bolalarda sun’iy ovqatlantiriladigan bolalarga qaraganda kamqonlik kasali kam uchraydi.

YUNISEFning ta’kidlashishicha, yer yuzida tug‘ilayotgan har ikki nafar bolaning biri dunyoga kelishining dastlabki daqiqasidanoq ona sutidan mahrum ekan. Ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra ko‘krak suti bilan oziqlanish darajasi 100 foizga ko‘tarilsa har yili dunyoda 5 yoshgacha bo‘lgan 820 ming bola va 20 ming ayolning hayotini saqlab qolish mumkin ekan. Har bir bola hech bo‘lmaganda hayotining birinchi olti oyi davomida ko‘krak sutini emganida aqliy qobiliyati oshishi hisobidan global iqtisodiyotga qo‘shimcha 300 milliard dollar daromad keltirgan bo‘lar edi. Afsuski, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning 77 millioni hayotining birinchi soatlaridanoq ona sutidan bebahra qolayapti.

 

Kashandalik

Dunyoda kashandalar soni taxminan 1,3 milliard kishini(1,1 milliard erkak, 230 million ayol) tashkil etayotgani bu ofat ko‘lami nechog‘li kengligini isbotlamoqda.

Yana o‘qing:  Yo‘l harakati xavfsizligi bilimdonlari

Tamaki tutuni homilador ayolga va homilaga xavfli ta’sir ko‘rsatadi. Homilador ayol xoh faol, xoh nofaol ravishda sigaret chekkanidan so‘ng yo‘ldosh qon tomirlari torayishi sodir bo‘ladi va homila bir necha daqiqa kislorod yetishmovchiligi holatiga tushadi. Shuningdek, muntazam chekishda homila doimo surunkali kislorod yetishmovchiligi holatida bo‘ladi. Buning oqibatida homila ona qornida sekin rivojlanadi va u turli xil nuqsonlar bilan yoki bola muddatidan oldin, chala, vazn yetishmovchiligi bilan tug‘ilishi mumkin. Chekuvchi ayoldan tug‘ilgan chaqaloqlar tutqanoq xurujlariga moyil bo‘lishadi, epilepsiya(shaytonlash)dardi bilan ko‘proq kasallanishadi va aqliy rivojlanishdan orqada qoladi. Homiladorlikda  chekish bola nobud bo‘lish ehtimolini 15 marotaba oshiradi. Chekuvchi ona sutining 1 litrida 0,5 mg nikotin bo‘lib, sutda yoqimsiz hid mavjud bo‘lib, ta’mi ham buziladi, bunday sutni emishdan bola bosh tortadi.

Tamaki jamoat sog‘lig‘ini saqlashda eng yirik xavf hisoblanadi. 2015 yilda har olti soniyada bir kishi va yiliga olti million inson u bilan bog‘liq kasalliklardan, yana 600 ming inson ikkilamchi tamaki tutuni ta’sirida nobud bo‘lmoqda. Eng yomoni, ularning 1,5 millioni xotin-qizlardir. 2030 yilga borib bu miqdor 8 millionga ko‘tarilishi mumkin.

JSST tekshiruvlariga ko‘ra Gretsiya, Irlandiya, Italiya, Yaponiya, Xitoy, Quvayt, Fillipin, Rossiya, Shveysariya, Fransiya va Urugvayda chekish insonlar salomatligiga tobora ko‘proq zarar yetkazmoqda. Amerika mintaqasida 13-15 yoshdagi 23 foiz o‘g‘il bolalar, 21 foiz qiz bolalar tamaki is’temol qilmoqda

 

O‘smirlar homiladorligi va erta nikoh

2013 yilda dunyoda 580 million o‘smir qiz bor edi. Hozirgacha yer yuzida yashayotgan 700 million ayol voyaga yetmasdan oila qurgan. Vaholanki, ularning aqliy va jismoniy rivojiga yo‘naltiriladigan investsiyalar bu qizlar qobiliyati va salohiyatini tugal namoyish etishiga imkon yaratardi.

O‘smir qizlar o‘rtasida erta homiladorlikdan himoyalanish bo‘yicha jiddiy muammolar saqlanib qolyapti. Dunyoda har yili 51 million qiz  19 yoshga chiqmay turmush qurmoqda. Ularning 13,1 million nafari yil o‘tmay ona bo‘lmoqda (2013 y.). Yosh onalarning 2 millioni hatto 15 yoshga ham chiqmagan. Kuyunishimizga sabab shundaki, homiladorlik va tug‘ruq asoratlari tufayli har yili 70 ming nafar gulday ayol olamdan o‘tmoqda.

Yana o‘qing:  Vatan tinchligini saqlash – sharafli burch

 

Javlon SA’DULLAYEV tayyorladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: