ONAJONIM

Siz o‘zingiz bu dunyoda yagonam,

Kamolimiz ko‘rib yuring hamisha,

Uyimizning farishtasi o‘zingiz,

Dunyoda yo‘q sizday saxovatpesha.

Tunlar bedor qoshimda allalar aytgan,

Bolam deya borini ilinganim.

O‘rningizni bosolmaydi hech kimsa,

Gar bo‘lmasa bir zumda bilinganim.

Ollohimdan sog‘lig‘ingiz so‘rayman,

Ozor yetsa og‘rib ketar tanda jon.

Suyanamiz maslahatdosh o‘zingiz,

Zavol bilmang bir umrga onajon.

Shahlo USMONOVA,

Samarqand viloyati, Narpay tumani

Яна ўқинг:  BARCHINOYDAN MEROS SHIJOAT

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: