MEHRIBON BOBOJONIM
Bobojonim mehribon,
Kulib so‘zlaydi har on.
Nasihatin tinglaymiz,
Ma’nosini anglaymiz.
Kelsalar uyimizga,
Nur to‘lar dilimizga.
Boshimizni silaydi,
Bizga umr tilaydi.
Dilkash NURMUHAMMEDOV,
Toshkent shahar, Chilonzor tumanidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Musiqa va san’at akademik litsiyening o‘quvchisi