OKRUG VA UCHASTKALAR FAOLIYATI

Joylarda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ishlarini kimlar amalga oshiradi?

Bobur XoliQov,

Shahrisabz shahri

Joylarda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ishlarini saylov okruglari va uchastkalari amalga oshiradi.

Saylov komissiyalari saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishni ochiq va oshkora, adolatlilik, halollik, muqobillik kabi xalqaro demokratik tamoyillarga rioya qilgan holda amalga oshiradilar. Saylov okruglari va uchastkalari o‘z faoliyatiga oid muhim yangiliklardan fuqarolarni muntazam xabardor qilib turadilar. Buning uchun har bir okrug huzurida matbuot markazi tashkil etilgan. Saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalar va ularning tarkibi, nomzodlarga ovoz berish qonun-qoidalari yuzasidan keng tushuntirish ishlarini olib boradilar. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlar, shuningdek, saylov uchastkalari faoliyatiga oid yangiliklar, ovoz berish natijalari sir tutilmaydi.

Ushbu jarayonda O‘zbekiston Respublikasi vakillik organlariga o‘z nomzodini ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan bittadan kuzatuvchi, ommaviy axborot vositalari vakillari, boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilar ishtirok etishlari mumkin. Faqat ularning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.

Masalaning yana bir tomoni bor. Manfaatdor tashkilotlar o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida okrug saylov komissiyalarini saylovdan kamida o‘n besh kun oldin xabardor qilishlari kerak. Okrug saylov komissiyasi manfaatdor tashkilotning yozma murojaati asosida belgilangan namunadagi mandatni besh kun muddat ichida kuzatuvchiga taqdim etadi.

Sherzod Toshpo‘latov,

Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i

Yana o‘qing:  Uyquning ozi ham ko‘pi ham zarar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: