Minnatdorlik maktubi

Yaqinda to‘rt yashar kichik nabiram Durdonaxon gepatit kasalligi bilan og‘rib qoldi. Onasi bilan poytaxtning Shayxontohur tumanidagi 4-bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasida yotib, davolanishlariga to‘g‘ri keldi. Shifokorlarning to‘g‘ri qo‘ygan tashxisu, ko‘rsatgan muolajalari, hamshiralarning dori-darmonlarni o‘z vaqtida berib, qilgan tibbiy yordamlari tufayli tez kunda nabiram sog‘ayib ketdi.

Hamma yoq orasta, sanitariya talablariga to‘liq javob beradi.

Kasalxona oshxonasida bolalarbop parhez taomlar juda sifatli, mazali holda tayyorlanib, shifoxonadagi har bir bemorga o‘z vaqtida yetkazilishi nazorat qilinadi.

Kasalxonaning 3-bo‘limi boshlig‘i Laziza opa Abdurahmonova, bo‘lim shifokori D. Yuldasheva hamda boshqa tibbiy xizmat xodimlarining o‘z ishlariga mas’uliyat bilan yondashishlari natijasida bemorlar dardiga shifo topmoqdalar.

So‘zni muxtasar qilib aytadigan bo‘lsak, bor bo‘ling, shifokorlik kasbiga sodiq aziz tibbiyot xodimlari! Qo‘lingiz hech dard ko‘rmasin. Kelajagimiz vorislari bo‘lmish bolajonlarning sihat-salomatligini saqlash yo‘lida olib borayotgan fidokorona ishlaringizda omad va muvaffaqiyat sizlarga yor bo‘lsin.

Dilorom HOTAMOVA,

Toshkent shahri

Yana o‘qing:  O‘lkani o‘rganish muzeyi – ulkan taassurotlar majmui

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: