Maqolani o‘qib…

Sog‘lom avlod” gazetasining joriy yil 3-sonida chop etilgan “Tarbiyaning ikki pallasi” sarlavhali maqolani qiziqish bilan o‘qib chiqdim. Pedagog sifatida sizga quyidagi mulohazalarimni bildirishni lozim deb topdim.

Maqolada ta’kidlanganidek, sog‘lom muhit tarbiyaning boshi hisoblanadi. Qator yillardan beri Olmazor tumanidagi 165-umumta’lim maktabida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim-tarbiya berib kelmoqdaman. O‘quvchilarim farzandlarimdek bo‘lib qolgan. Ularning kelajagi meni pedagog sifatida o‘ylantiradi, albatta. Ma’naviyatli va sog‘lom muhit hamda o‘zaro hurmat hukm surgan oilada ma’nan va jismonan sog‘lom farzandlar voyaga yetadi.

Bolalarning ko‘proq vaqti maktabda o‘tganligi bois ularning tarbiyasiga o‘qituvchilarning ham katta ta’siri bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga dars berganim sababli ularning ruhiyatiga qarab muomala qilishga harakat qilaman. Dars boshida o‘quvchilarning diqqatini bir joyga jamlash uchun badantarbiya bilan shug‘ullantiramiz. Keyin dars boshlaymiz. O‘qituvchida o‘z ishiga nisbatan mas’uliyat hissi, sabr hamda aktyorlik qobiliyati bo‘lishi muvaffaqiyat kaliti hisoblanadi. Avvalo, oilasidagi tashvishlarini uyi-da qoldirib, maktab tomon yo‘l olgan o‘qituvchigina bolalarga to‘laqonli ta’lim-tarbiya bera oladi. Bu bizning kasbimizdagi shiorimiz.

Bolani yoshligidan bo‘sh vaqtini unumli sarflashga o‘rgatish kerak. Tarbiya jarayonida har bir narsada me’yor bo‘lgani yaxshi, deb o‘ylayman. Zero, ortiqcha erkalatish taltayishga sabab bo‘lsa, qattiqqo‘llikning me’yoridan ortishi bolaning odamovi bo‘lib qolishiga olib kelishi mumkin.

Oilamizda bayram kunlari bolalarga qiziqarli va mazmunli kitoblar sov-g‘a qilish odat tusiga kirgan. Bu ham ma’naviy-ma’rifiy tarbiyadir. Oilamizda turmush o‘rtog‘im bilan farzandlarimizga maqolada qayd etilgan ikkinchi tarbiya uslubida tarbiya berganmiz va bugungi kunda uning shirin mevalaridan bahramand bo‘lmoqdamiz.

Sayyora TEMIROVA,

Toshkent shahri

Yana o‘qing:  Meni o‘zgartira olasizmi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: