Maktabgacha ta’lim muassasiga bolani qabul qilishda qanday hujjatlar talab etiladi?

Ma’ktabgacha ta’lim muassasalari – O‘zbekiston Respublikasidagi ta’lim muassasalarining turi bo‘lib, turli yo‘nalishdagi maktabgacha bo‘lgan davrdagi umumta’lim dasturlarini amalga oshiradi. MTMlar 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tarbiyalashni, o‘qitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sog‘lomlashtirishni ta’minlaydi”.

“Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza etishini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi” Nizomdan

Maktabgacha ta’lim muassasalari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asosida tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 25-oktyabrdagi “Maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini bajarish va maktabgacha ta’lim muassasalarining hujjatlarini tartibga solish maqsadida MTMlarda qator samarali ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Xususan, muassasaning maqsad va vazifalari aniqlanib, shunga asosan ish ko‘rilmoqda. Biroq, ba’zi holatlarda MTMga navbatga qo‘yilgandan so‘ng navbat kelishini oylab, hatto-ki yillab kutishga to‘g‘ri keladi. Buning sababi nimada?

Shu kabi savollarga Chilonzor tumani Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi maktabgacha ta’lim metodisti Jamila Jamilova quyidagicha javob beradi:

– Har bir maktabgacha ta’lim muassasasida guruhlarga qabul qilinadigan bolalar soni belgilab qo‘yilgan. Agarda muassasa belgilangan miqdordagi bolalar bilan to‘lgan bo‘lsa ota-onalar navbat kutib qolishiga to‘g‘ri keladi. – Chunki, ko‘pchilik kattalar rus tiliga ixtisoslashgan muassasani tanlashadi. Ular farzandini bolaligidanoq chet tillarini yaxshi o‘zlashtirishini, natijada esa kelajakda har tomonlama bilimli bo‘lishini istaydilar. Talab katta bo‘lgan MTMlarimizda ro‘yxatga qo‘yilgan fuqarolarning soni ko‘p bo‘lganligi tufayli ayrim paytlarda uzoq kutishga majbur bo‘lishadi.

Maktabgacha ta’lim muassasasida guruhlar soni muassasaning quvvatidan va guruhlarning rejali to‘ldirilishidan kelib chiqib, muassis tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”da quyidagicha belgilanadi:

– 2 yoshdan 3 yoshgacha, kamida – 15 bola, biroq, 20 nafar boladan ortiq emas;

– 3 yoshdan 6-7 yoshgacha, kamida – 20 bola, biroq, 25 nafar boladan ortiq emas.

– Bir tumanda istiqomat qilib, boshqa tumanga ko‘chib o‘tganligi sababli farzandlarini MTMlarga joylashtirish jarayoni qanday amalga oshiriladi?

– Fuqaro yangi ko‘chib o‘tgan tumanidan doimiy ro‘yxatdan o‘tsa yoki vaqtinchalik o‘tganligi haqidagi hujjatni olib kelsa shu asosida o‘zining uyi atrofidagi MTMga navbatga turmagan holda joylashtirish imkoni mavjud.

Yana o‘qing:  YUQUMLI KASALLIKLARNING OLDINI OLISH – AHOLI SALOMATLIGINI ASRAYDI

Bunday muassasalarga bolani joylashtirish jarayonida ota-onalarda turli savollar paydo bo‘ladi. Ko‘pincha ota yoki ona poytaxtda doimiy ro‘yxatda bo‘lmaydi, bunday holatlarda ona qayerda ro‘yxatdan o‘tgani aniqlanib, keyin shu asosida faoliyat olib boramiz. Chunki, ona doimo farzandi bilan ko‘proq birga bo‘ladi. Ba’zi holatlarda ikkala taraf ham Toshkent shahridan ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘ladi. Bunday vaziyatda biz ularning turar joyidan vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yilganligi haqida ma’lumotnomani talab qilamiz. Bizning tasarrufimizda 55ta maktabgacha ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib, ulardan 7 tasi maxsus maktabgacha ta’lim muassasalar hisoblanadi. Bolalarimizning jismoniy faoliyati har xil bo‘lganligi sababli ularning sog‘lig‘iga, kasalligini turiga, imkoniyatlariga qarab muassalarimizga ajratganmiz. Masalan: maxsus nutqida og‘ir nuqsoni bo‘lgan bolalar, maxsus tayanch harakat a’zolarida nuqsoni bor bolalar, gepatit (sariq), kasalliklarga moyil bo‘lgan bolalar(sihatgox tipidagi), maxsus psixik-ruhiy rivojlanishda orqada qolayotgan bolalar,zaif ko‘ruvchi va ko‘zi ojiz bolalar va boshqalar. Mazkur maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga alohida parvarish lozim bo‘ladi. U yerda maxsus mutaxassislarimiz, logopedlar, psixologlar bola bilan alohida ish olib borishadi.

Charos XUSHVAQTOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: