Mahalla va kollej hamkorligi

Mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tiborning tub mohiyatida ularning vatanparvarlik tuyg‘usini, qolaversa, o‘z kelajagiga be’etibor bo‘lmaslik tushunchasini yanada shakllantirish g‘oyasi mujassam. Buning uchun esa, albatta, salomatlikni asrash muhimdir. Bu nafaqat oilaning, balki umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari faoliyatining ham ajralmas qismini tashkil etadi.

Ta’lim muassasalarida erta turmush va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari bo‘yicha keng ko‘lamli targ‘ibot-tushuntirish ishlarining yo‘lga qo‘yilgani ayni fikrimiz tasdig‘idir.

Poytaxtimizdagi 1-Respublika tibbiyot kollejida ham mavzuga oid davra suhbatlari, ochiq darslar keng yo‘lga qo‘yilgan. Bu haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lish maqsadida kollej o‘qituvchilarining fikr-mulohazalari bilan qiziqdik.

1-Respublika tibbiyot kolleji Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Vazira Rahmonova:

Ma’lumki, xalqimiz azal-azaldan ayol kishiga hurmat va ehtirom ko‘rsatgan. Naslining sog‘lom va barkamol bo‘lib ulg‘ayishi ko‘p jihatidan unga bog‘liq. Darhaqiqat, ayol farzand sog‘lom tug‘ilishi, uning aqlan va jismonan kamol topishida muhim rol o‘ynaydi.

Erta nikoh qiz bolaning ta’lim olishini ma’lum jihatdan chegaralaydi. Bunday salbiy holatlarning oldini olish maqsadida kollejimizda xotin-qizlar kengashi tashkil etilgan. Ushbu kengash o‘quvchi-qizlarning ma’naviy-marifiy, axloqiy-tarbiyaviy madaniyatini, huquqiy, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, o‘quvchi-qizlarning ist’dodini ro‘yobga chiqarish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida maqsad va vazifalar belgilanib, hayotga tadbiq qilinmoqda. Kollejimizda “Oila – mahalla – ta’lim muassasalari hamkorligi konsepsiyasi” asosida hamkorlik ham keng yo‘lga qo‘yilgan. Ayniqsa “Novza”, “3-katta Chilonzor”, “Do‘stlik” mahallalari faollari bizga yaqindan yordam berib kelmoqda. Shundan kelib chiqadiki, oila, uning jamiyatdagi o‘rni, oilada ota-onaning vazifasi, qizlar tarbiyasi va ularning kattalar oldidagi burchini his qilish kelajak avlod tarbiyasining zaruriy sharti bo‘lib qolaveradi.

Chilonzor tumanidagi “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi G.G‘ulomova:

“Bir bolaga yetti mahalla ota-ona”, deydi dono xalqimiz. Chunki, bola tarbiyasida birgina oila yoki ta’lim muassasasi emas, balki butun jamoatchilik mas’uldir. O‘quvchilar davomatini, ta’lim tarbiyasini yaxshilash, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash borasidagi ishlarni tashkil etishda nafaqat mahalladagi kam ta’minlangan oilalarga, balki ta’lim maskani o‘qituvchilariga ham yaqindan yordam berib kelmoqdamiz. Shu kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun ehtiyojmand hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlab, ularning ta’lim-tarbiya olishiga, hamda kasb-hunar egallashiga yaqindan ko‘maklashmoqdamiz. Nosog‘lom va notinch oilalarda tarbiya olayotgan o‘quvchilarning xatti-harakatlari monitoringini olib borib, natijalarini mahalla yig‘inlarida muhokama qilyapmiz. Xususan, qizlarni erta turmushga chiqishining oldini olish, borasida mahallamizda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Yana o‘qing:  Patronaj xizmatida yangi tizim

Darhaqiqat, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hech birimizni befarq qoldirmasligi zarur, vaholanki o‘tkazilayotgan chora-tadbir, islohotlar samarasi barkamol avlod taqdiri va kelajagini belgilab beruvchi asosiy omildir.

Fayoza AVLAYEVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: