Ko‘zga nur, ko‘ngilga halovat bag‘ishlab…

Mustaqillik yillarida xalqimizning asriy orzularini ruyobga chiqaruvchi beqiyos ishlar amalga oshirildi. Yurt istiqboli, aholi farovonligi yo‘lida olib borilayotgan islohotlarning samarasini ko‘rib, ko‘z quvnaydi. Ayniqsa, inson salomatligi, farzandlar kamoli borasida qilingan sa’y-harakatlar buyuk kelajak poydevoridir.

2013 yil 6 dekabrda Prezidentimiz Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 21 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish – yorug‘ kelajagimizning asosiy omilidir” nomli ma’ruzasida sog‘liqni saqlash, bolalar va ularning salomatligini yaxshilashga jiddiy e’tibor qaratish lozimligini alohida ta’kidlab o‘tdilar. Zero, xalqimizda sog‘liq – tuman boylik, degan gap bor.

Biz Toshkent shahridagi Respublika klinik oftolmalogik shifoxonasida davolanib kerakli muolajalarni olib qaytdik. U yerdagi yaratilgan sharoitlarni ko‘rib, ko‘nglimiz ko‘tarildi. El-yurt salomatligi yo‘lida jon kuydirayotgan shifokor-u hamshiralarning beminnat xizmatlari tufayli shifo istab kelgan bemorlar ham jismonan, ham ma’nan taskin topishmoqda. Ayniqsa, kafedra dotsenti Nargiza Normatova kabi shifokorlar nafaqat dori-darmonlar, balki shirin muomalalari va mehri bilan bemorlarning ko‘ngliga yo‘l topib, ularning sog‘ayishlariga sababchi bo‘lmoqda.

Ushbu dargoh xodimlariga kechani-kecha demay, bemorlar holidan xabar olib turganlari, shifokor qasamiyodga sodiq qolib, har sidqidildan g‘amxo‘rlik qilayotgani uchun o‘zim va mazkur muassasadan dardiga shifo topgan insonlar nomidan tashakkur izhor etmoqchiman.

Ularni, qolaversa barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan yangi “Sog‘lom bola yili” bilan chin dildan tabriklab, ish va oilaviy hayotlarida doimo omad va baxt yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Bir guruh davolanganlar nomidan

Shojalil Marupov,

Samarqand viloyati

Yana o‘qing:  ULUG‘ MAQSAD YO’LIDA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: