Kichkintoylar maskani

Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanidagi “Kichkintoy” nomli 10-maktabgacha ta’lim muassasasi 280 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, hozirgi kunda bu yerda 300 nafar kichkintoy ta’lim-tarbiya olmoqda.

Ushbu muassasaga malakali  pedagog, xalq ta’limi a’lochisi Muhayyo Sharabbayeva rahbarlik qilib kelmoqda.

MTMda faoliyat yuritayotgan 18 nafar pedagog xodimning 5 nafari o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislardan iborat. Bu maskanda ota-­onalar, mahalla bilan hamkorlikdagi ishlar samarali yo‘lga qo‘yilgan. Qolaversa, muassasada 3-6 yoshli qizlar uchun “Zumradoylar davrasi” to‘garagi yo‘riqnoma asosida tashkil etilgan bo‘lib, maqsad ularni kichik yoshidan boshlab milliy an’ana va urf-odatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

O‘z kasbining jonkuyari Muhayyo Sharabbayeva mehnatsevarligi va jamoat ishlaridagi faolligi bilan boshqalarga har tomonlama ibrat bo‘lib kelmoqda. Shuningdek, MTMda kam taminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzand­lariga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatiladi.

Ushbu maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari nafaqat tuman, balki viloyat va respublika miqyosidagi tadbirlarda faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Jumladan, “Shirintoy-kichkintoy”, “Sevimli o‘yinchoqlar” kabi ko‘rik-tanlovlarda bolajonlar o‘z iste’dodlarini namoyon etayotir. Bunda o‘z kasbining jonkuyarlari, ta’lim fidoyilari bo‘lgan mehribon tarbiyachilarning o‘rni beqiyos.

Maktabgacha ta’lim muassasasidagi har bir mashg‘ulot yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘tiladi. Tumanda 10-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi tajriba maydonchasi hisob­lanadi.

 

Saodat GAIPOVA

Yana o‘qing:  Qadim o‘tmish merosi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: