Kasb-hunar ta’limi – yoshlar hayotida muhim omil

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab yoshlarning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishlari uchun ko‘plab sharoitlar yaratib berilmoqda.

2014 yil 6 fevralda mamlakatimiz rahbarining «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish, yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashlari uchun munosib sharoit yaratish, ularni ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish, yoshlarning jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanishlariga keng jalb etish, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va boshqa muhim maqsadlarni ko‘zda tutgan.

Kasb-hunar ta’limi oiladan, mahalladan boshlab mehnat jamoalarigacha butun jamiyat faoliyatining asosiy e’tiborida bo‘lmog‘i darkor. Afsuski, biz o‘qituvchilarning ta’lim-tarbiya faoliyatida hozirgi kunda ayrim ota-onalarning farzandlariga nisbatan beparvoligi, mas’uliyatsizliklari, farzandlarini nazorat qilishni bo‘sh qo‘yish holatlari ham kuzatilmoqda. Ularning farzandlariga moddiy shart-sharoitlarni yaratib berayotganliklariga e’tiroz bildirmaymiz. Ammo ba’zi farzandlar, ya’ni biz ta’lim berayotgan yosh avlod ichida bunday imkoniyatlardan samarali foydalanmay, yoshlik davrini behuda ishlarga sarflayotganliklari o‘qituvchilarni tashvishga soladi. Xalqimizda «Qars ikki qo‘ldan chiqadi» degan naql bor. Biz o‘qituvchilar yosh avlodning ta’lim-tarbiyasini ota-onalar bilan hamkorlikda olib borsakkina, bizning faoliyatimiz o‘z samarasini beradi.

Ma’lumki, bugungi hayot odamlarni yuksak taraqqiyotga munosib tarzda yashashga da’vat etmoqda. Bunga mehnat va intilish, dunyoqarashni kengaytirish, yaxshi ilm va hunar egallash asosida erishish mumkin. Zero, yaxshi kasb-tuganmas boylik, bir umrlik hamroh, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Mansab qo‘ldan ketishi mumkin, lekin ilm-hunarni hech kim tortib ololmaydi. Shuning uchun qadimda shoh bo‘lsin, gado bo‘lsin – hammaning farzandi imkon qadar kasb-hunar o‘rgangan. Ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilmu-ma’rifat, ta’lim-tarbiyani inson kamoloti, millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilganlar.

Madina RAHIMOVA,

Buxoro soliq kolleji o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Qayta qad rostlagan qadamjolar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: