Intilishga esh imkoniyatlar

O‘zbek qizini bejiz xonadon farishtasiga mengzashmaydi. Zotan chehrasida ibo, hayo, mehr balqib turgan qiz uyini obod qilib, uni fayzga to‘ldiradi.

So‘z bugungi o‘zbek qizi haqida ketar ekan, uni tadbirkor, tashabbuskor kabi sifatlar bilan e’tirof etmaslik mumkin emas. Ilm-fan deysizmi, sport sohasidami, boringki, jamiyatimizning qaysi jabhasini olmang ayollarimizning, ayniqsa, qizlarimizning qo‘lga kiritayotgan yutuqlari salmoqli va tahsinga sazovordir.

Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi Zilola Botirova ham tashabbuskorligi, ildamligi tufayli bugungi kunda o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ya olgan tirishqoq qizlardan biridir. Yosh bo‘lishiga qaramay, Zilola ayni damda tumanda o‘zining shaxsiy go‘zallik salonini yuritmoqda.

Insonning maqsad sari yetishishida orzular pillapoya vazifasini o‘taydi. Maktabda o‘qib yurgan kezlarida qizlar sochini turmaklashga qiziqqan Zilolada bora-bora kelajakda stilist bo‘lish orzusi tug‘iladi. Keyinchalik ustozi – tajribali stilist Hilola opadan kasb sirlarini o‘rganib, o‘z malakasini oshirib bordi.

– Faqat orzular bilangina maqsadga erishib bo‘lmaydi, – deydi Zilola o‘z faoliyati bilan o‘rtoqlashar ekan. – Kishidagi intilish, qat’iyat bilan birgalikda unga dalda, ko‘mak lozim. Yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar ana shunday orzularga qo‘sh qanot bo‘lmoqda.

Haqiqatan ham davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilgan keng imkoniyatlar zamirida ularga bo‘lgan ishonch va g‘amxo‘rlik mujassamdir.

2013 yilda Zangiota maishiy xizmat va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji bitiruvchisi Zilola ham yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda o‘zini tadbirkorlik yo‘nalishida sinashga ahd qildi. Faoliyati bo‘yicha biznes rejasini tuzib, uni Zangiota tuman komissiyasiga taqdim etdi. Puxta va aniq ishlangan reja komissiya tomonidan ijobiy baholandi. So‘ng oradan hech qancha vaqt o‘tmay, Zilola Xalq bankidan 5 million so‘m miqdorida kredit olishga muvaffaq bo‘ldi. Berilgan kredit evaziga esa faoliyati uchun kerakli jihozlarni xarid qilib, barcha qulayliklarga ega zamonaviy, shinam go‘zallik salonini tashkil qildi. Ahamiyatlisi, buning ortida uch nafar qiz doimiy ish bilan ta’minlandi.

Zilolaning faoliyatini kuzatib ulkan orzusi uni shu muvaffaqiyatga yetakladi deyishingiz mumkin. Ammo yosh tadbirkor qiz bunga boshqacha baho berdi:

– Muvaffaqiyatim kaliti – o‘z qiziqishlarimni davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlar orqali yuzaga chiqara olganimda. Zero, buning uchun biz yoshlarga barcha shart-sharoitlar muhayyo.

Yana o‘qing:  Ishonchnomada muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa...

Chindan ham, bugungi kun misolida oladigan bo‘lsak imkoniyatlar intilishga eshdir. Yoshlarimizga yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar zamirida ham kelajagimizni obod etish maqsadi mujassam.

Dilafro‘z ESHONXONOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: