IMKONIYATLARDAN MAMNUNMIZ

2008-yildan beri bizning o‘quv maskanimiz mazkur institutning dunyo bo‘yicha “1000 hamkor maktablar dasturi”da ishtirok etib kelmoqda. Litseyimizda biz o‘quvchilar ingliz tili, fransuz tili bilan birgalikda nemis tilini ham o‘rganmoqdamiz. Natijada Gyote instituti o‘quvchilar o‘rtasida saralash insho tanlovlarini o‘tkazib, har yili 4-5 nafar g‘olib o‘quvchilarni Germaniyaning Frayburg, Drezden shaharlariga bir oylik malaka oshirish kurslariga yubormoqda. Bugungi kunga qadar 20 nafar o‘quvchi Germaniyada malaka oshirib qaytishdi. Shuningdek, o‘qituvchilardan Mohira Murodova uch marotaba, G‘ayrat Hafizov ikki marotaba, Yekaterina Pashkovskaya ikki marotaba Germaniyada malaka oshirib kelishdi.

Gyote instituti 2008-yildan beri litseyni ilmiy ommabop jurnallar va darsliklar bilan ta‘minlab kelmoqda. Biz o‘quvchilarga pedagog ustozlarimiz ana shu asosda dars o‘tadilar.

O‘tgan o‘quv yilida nemis tili fani bo‘yicha o‘tkazilgan olimpiadada shahar bosqichi g‘olibi bo‘ldim. Bu izlanishlarimni, sa`i-harakatlarimni ustozlarimning, avvalo vatanimizning yaratgan shart-sharoitlaridan deb bilaman. Intilishlarimni bu yil ham davom ettiraman.

Istoraxon SAIDOVA,

o‘quvchi

Yana o‘qing:  YURT BOR, YURAGING SOG‘ URAR, BOLAM!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: