Harbiy hayot mening taqdirimda…

Chorak asr – bir asrning to‘rtdan biri. Bu davr tarix zarvarag‘i uchun dengizdan tomchidek gap. Ammo uning sahifasidan joy olgan shunday yillar borki, bu vaqt ichida amalga oshirilgan ishlarning bir kuni asrlarga tengdek, go‘yo.

Quvonarlisi, O‘zbekiston 25 yil ichida ana shunday asrlarga teng yo‘lni bosib o‘tishga erishdi. Dunyoning siyosiy xaritasida o‘z aytadigan so‘zi va rivojlanish yo‘liga ega bo‘lgan tinchlikparvar mustaqil O‘zbekicton davlati paydo bo‘ldi. Ana shu yurt bag‘rida esa mustaqil fikrlovchi, zamonaviy axborot texnologiyalari va chet tillarini puxta o‘zlashtirgan, o‘z sohasining ustasi, oilasi suyanchi, ona yurtining tayanchi bo‘lgan yangi avlod vakillari shakllandi. Mamlakatimizda ularning har tomonlama yetuk, barkamol shaxs bo‘lib ulg‘ayishi, o‘z qobiliyat hamda iste’dodlarini to‘la namoyon qilishi va jamiyatimizning turli sohalarida o‘z o‘rnini topishi uchun barcha shart-sharoit va imkoniyat yaratib berilmoqda.

Bugun aksariyat yoshlarning jamiyatda o‘rin topishlarida armiya saflarida o‘tgan davr, harbiycha hayot muhim ahamiyat kasb etmoqda. Quyida biz ana shunday yoshlarning bu haqdagi fikr-mulohazalarini e’tiboringizga havola etamiz.

 

Zaynura TOSHMURADOVA,

harbiy xizmatchi oilasi farzandi, jurnalist:

– Istiqlol tengdoshiman. Harbiy xizmatchilar oilasi farzandiman. Bundan faxrlanaman. Sababi dadam nafaqat biz farzandlarning yaxshi o‘qib-o‘rganishimiz, osoyishta hayot kechirishimizga mas’ul, balki butun O‘zbekistonning mard va jasur himoyachisidir. Dadam o‘z kasbiga mehri baland, jonkuyar, fidoyi va qat’iyatli inson. Biz farzandlar dadamdagi mana shu fazilatni qadrlaymiz. Doim ulardan o‘rnak olamiz. Bu esa vaqti kelib asqotdi. O‘zim orzu qilgan oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirdim, jamiyatda o‘rin topdim.

Oilamdagilar har doim mening orzu-istaklarimni qo‘llab-quvvatlagan. Shuning uchun bo‘lsa kerak o‘zimga bo‘lgan ishonchim, juda kuchli. Jurnalist bo‘lish, bolalik orzuim. Bunga erishdim. Bu, avvalo, davlatimizning yoshlarga barcha shart-sharoitlarni yaratib berganlarida, qolaversa, oilaviy muhit, ota-onam har birimizning orzularimizga payvasta bo‘lganida, deb bilaman.

Yana o‘qing:  Yurtimizda farmatsevtika sanoat zonalari tashkil etiladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: