HAMSHIRA QIZLARNING A’LOSI

Ko‘nglidek orasta liboslarida aks etib turgan shifokorlarni ko‘rib, bolaligimdan ularga havas qilardim. Shifokor onamning tibbiyot mavzusidagi suhbatlari, ishxonasidagi mavjud shart-sharoitlar meni bu sohaga bo‘lgan qiziqishimni yanada oshirdi. Cheksiz orzular bilan Guliston tibbiyot kollejida hamshiralik yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oldim. So‘ng Sirdaryo viloyat teri-tanosil kasalliklari shifoxonasida mehnat faoliyatimni boshladim.

Mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida mislsiz o‘zgarishlar, tibbiyotning barcha yo‘nalishlarida zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish, birlamchi tibbiy-profilaktika yordamini kengaytirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilyapti. Bu kabi izchil islohotlar zamirida inson salomatligi va xalq xotirjamligi, yurt ravnaqi, sog‘lom avlodni voyaga yetkazishdek ezgu maqsadlar mujassam.

Inson istagan yo‘nalishida muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Maqsad aniq, kasbiga, oilasiga va albatta, Vataniga mehr qo‘ysa, kasbigi fidokorona yondoshsa bas. “Hamshira – 2014” respublika ko‘rik-tanlovida qo‘lga kiritgan g‘alabam ortidan bunga yana bir bor amin bo‘ldim. Kamtorona mehnatimni yuqori baholab, menga “Neksiya” avtomashinasi bilan birgalikda ulkan maqsadlarimdan biri – Toshkent tibbiyot akademiyasining umumiy davolash fakultetiga grant asosida o‘qish imkonini berishdi. Buni istiqlol bergan ne’mat deb bilaman.

Sohiba RAIMJONOVA,

“HAMSHIRA – 2014” ko‘rik-tanlovi g‘olibi

Yana o‘qing:  Amir Temur nomidagi mahallaning bir kuni

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: