Fidoyi shifokorlar

Yaratganga shukrlar bo‘lsinki, kirib kelgan yangi – 2018 yilni ham kutib olish nasib etdi. Albatta, 86 yoshga omonlikda yetib kelishim yurtimizning tinch-farovonligidan, qolaversa, yuksak bilimli, boy malakali, kasbiga sadoqatli tibbiyot xodimlarining tinim bilmas mehnatlaridan deb bilaman. Biz – keksalarning qo‘llarimiz doim duoda.

Ko‘p yillardan beri yurak xastaligi bilan 7-shahar klinik shifoxonasida davolanib kelaman. Men va men kabi bemorlar dardiga malham bo‘lib kelayotgan shifokorlar – Dinara Mirakilova, Inna Kim, Mahfuzaxon Qosimova, Kamoliddin Qutbiddinov, Nodiraxon Nurmuhamedova, katta hamshira Shahnozaxon Saidxodjayeva, hamshiralar – E’tiborxon Saidganiyeva, Shahloxon Haitboyeva, Aqidaxon Usmonova, Dildoraxon Sobirovalarga o‘zimning cheksiz minnatdorligimni bildiraman.

Qo‘lingiz aslo dard ko‘rmasin, aziz shifokorlar!

 

Mansur QODIROV,

Toshkent shahri, Yunusobod tumani,

11-mavze, 49-uy, 13-xonadon

Yana o‘qing:  Go‘shtli dimlama

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: