Farzandlarimizni virusli gepatit A dan asraylik!

Virusli gepatit A – o‘tkir, enterovirusli, antroponoz, fekal-oral mexanizm yo‘li bilan yuqadigan va keng tarqalgan kasallik bo‘lib, intoksikatsiya sindromi, gepatosplenomegaliya va sariqlik alomatlari bilan namoyon bo‘ladigan yuqumli kasallik hisoblanadi. Aholini moyilligi barchaga barobar, asosan ushbu kasallikka 35 yoshgacha bo‘lgan kishilarning moyilligi yuqoridir.
Kasallanishning 60 foizi holati bolalarga to‘g‘ri keladi, xastalik bilan ko‘pincha 3-7 yoshdagi bolalar kasallanadi.
Virusli gepatit A kasalligi bilan kasallangan bemorlarda turg‘un va bir umrlik immunitet hosil bo‘ladi. Kasallik manbai bemor ordam. Yuqish omillarining 54,7 foizini ni maishiy muloqot, 39,5 foizi ni oziq-ovqat va 5,8 foizini suv tashkil qiladi.
Aholi orasida virusli gepatit A kasalligini kelib chiqish sabablari quyidagicha:
xo‘jalik-ichimlik suvi uchun kafolatlanmagan, qaynatilmagan ichimlik suvini ishlatilishi, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etilmasligi, asosan qo‘lni yuvish qoidalariga e’tibor bermaslik, oshxonalar va hojatxonalar oldida qo‘l yuvish moslamalarini mavjud emasligi, sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish, ovqatlanish qoidalariga rioya qilmaslik holatlaridir
Maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablarda esa, kasallikning kelib chiqish sabablari — sinf va guruhlarda bolalar sonining ortiqligi, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish uchun sharoitlarni yetarli darajada emasligi yoki yo‘qligi, ya’ni qo‘l yuvish moslamalarining oshxona va hojatxonalarda yetarlicha o‘rnatilmaganligi, muassasalar qaynatilgan suv va shaxsiy idish-tovoqlar bilan ta’minlanmaganligi, ertalabki filtr ishlarini sifatsiz o‘tkazilishi, dezinfeksion vositalar bilan yetarli miqdorda ta’minlanmaganligi, kasallik aniqlangan sinflarda profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni sifatsiz o‘tkazilishi hisoblanadi.
Virusli gepatit A ga qarshi profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni tashkillashtirish va o‘tkazishda aholi o‘rtasida unga qarshi emlashning afzalliklari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borish, maktabgacha ta’lim va maktablar bilan hamkorlikda ish olib borish, emlashdan oldin bolalarni shifokor ko‘rigidan o‘tkazilishini ta’minlash, virusli gepatit A ga qarshi vaksina bilan o‘z vaqtida, uzluksiz ta’minlashni yo‘lga qo‘yish kerak bo‘ladi
Hozirgi vaqtda virusli gepatit A ga qarshi emlash, virusli gepatit A kasalligining oldini olishda maxsus, samarali profilaktik chora-tadbirlardan biri hisoblanadi.
Gepatit A ga qarshi emlash 99-100 foiz holatda kasallikni oldini oladi va ushbu vaksinani ishlatilganda emlashdan keyingi asoratlar kuzatilmaydi.
Unutmanki, siz farzandlaringizni virusli gepatit A ga qarshi emlatish bilan bolangizni xastalanishidan, shifoxonaga yotqizishdan, maktab yoshidagi bolangizning darslardan ortda qolishidan, ota-ona sifatida ishdan qolishdan, bemorni shifoxonaga ko‘rgani borish uchun vaqt, yo‘l-kira, oziq-ovqat mahsulotlari va yana bir qancha moddiy va ma’naviy zarar, hamda ortiqcha sarf-harajatlardan xalos bo‘lgan bo‘lasiz.
Virusli gepatit A ga qarshi olib borilgan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar, jumladan unga qarshi o‘tkazilgan emlash ishlarining samarasi o‘laroq, viloyatda 2019 yilning shu davrida o‘tgan e’tiborli tomoni 2018 yilning shu davriga nisbatan Qarshi shahri aholisi o‘rtasida virusli gepatit A kasalligining 0.6 foizga kamayishiga erishildi.
Ushbu masala yuzasidan 2019 yil 19-avgust kuni qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasida “Farzandlarimizni virusli gepatit A kasalligidan asraylik” shiori ostida zonal brifing o‘tkazildi. Unda viloyat DSENM bosh vrachi Sh.N.Sherov virusli gepatit A bo‘yicha epidemiologik vaziyat to‘g‘risida ma’lumot berdi. Shundan so‘ng respublika sog‘liqni saqlash vazirligidan ishtirok etgan vakil N.J.Raxmonova, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sh.N.Nurmatov va viloyat DSENM bosh vrach o‘rinbosari S.S.Murodovlar tomonidan virusli gepatit A kasalligi bo‘yicha ma’ruzalar o‘qildi.
Brifingda aholini sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi vakillari, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi vakillari, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi vakillari, viloyat va shaharlar hududiy teleradiokompaniyalari jurnalistlari, internet blogerlari, OAV vakillari va boshqa taklif qilingan mutasaddi mutaxassislar ishtirok etishdi.
Xuddi shunday zonal brifinglarni 20- avgust kuni Shahrisabz shaxrida va 21-avgust kuni G‘uzor tumanida ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Yana o‘qing:  “Universiada – 2016”: tayyorgarlik so‘nggi bosqichda

Sh.SHEROV,
QASHQADARYo VILOYAT DSENM BOSH ShIFOKORI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: