Bu yutuq zimmamga katta mas’uliyat yuklaydi

Farrux ERMATOV,

“O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti” sohibi

“Sog‘lom avlod” tahririyatining eshigini taqillatib kelgan ilk kunlarimni eslayman. Bola ko‘zlaridek tiniq va toza orzu-xayollar bilan kelgandim, o‘shanda. Niyatim shu nufuzli tahririyatda ishlash, kasbiy ko‘nikmamni shakllantirish, mahoratimni oshirish edi. Ustozlardan soha sirlarini o‘rganish maqsadim edi. Niyatimga erishdim. Ishga qabul qilindim. Mana, qariyb o‘n bir yilki, sahifalovchi-dizayner bo‘lib faoliyat yurityapman.

Oliygohda o‘qib yurgan kezlarimda katta yutuqlarni qo‘lga kiritayotgan ustoz hamkasblarimga havas qilardim. “Men ham qachondir shu darajaga yetarmikanman”, deb o‘ylardim. Yaqinda birinchi bor o‘tkazilgan “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti”ning “Yilning eng yaxshi yosh dizayneri” yo‘nalishi g‘olibi bo‘ldim. Bu yutuq zimmamga yanada mas’uliyat yuklaydi.

Ha, odam qilgan ishni odam qila oladi. Men ham dehqonman desam, adashmayman. Mening yerim – gazeta. Nasib etsa, hali ko‘plab nufuzli tanlovlarda g‘olib bo‘laman. Ustozlarim ishonchini oqlayman, el-yurt orasida halol mehnatim bilan obro‘ qozonib, yaqinlarimning yuzini yorug‘ qilaman.

Yana o‘qing:  Uyali aloqa vositasi – beminnat dastyor

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: