Bola qalbi – saxiy tuproq, unga kitobxonlik orqali ezgulik urug‘ini qadaylik

Har qanday bilimning yuragi, barcha fanlarning ibtidosi insoniyat yaratgan eng buyuk mo‘jiza – kitobdir. U odamlarni baxt va porloq kelajak sari olg‘a borishga chorlaydigan, ezgulikka undaydigan sodiq do‘stdir.

Biz mana shu do‘stimizdan tarixni, ajdodlarimizning asrlar sinovidan o‘tgan boy tajribasini o‘rganamiz. Turli jumboqlarga javob topamiz.

Bola qalbi – saxiy tuproq. Unga tushgan har qanday urug‘ albatta unib, bir kun meva beradi. Kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh avlodni ma’nan yetuk insonlar etib tarbiyalashda esa ularni badiiy kitob mutolaasiga qiziqtirish muhim o‘rin tutadi. Ammo bugun bolalarni kitob mutolaasiga o‘rgatish, uni tabiiy kundalik ehtiyojiga aylantirish, ota-onalar va o‘qituvchilar oldidagi dolzarbmasalalardan biri ekanligi sir emas.

 Shu o‘rinda aytish kerakki, bolalar kitobxonligini shakllantirishda maktab hamda ota-onalar zimmasiga nihoyatda murakkab va mas’uliyatli vazifa yuklanadi.

 Buning uchun ustozlar va oila kattalarining o‘zi ham yuksak didli, ma’rifatli va bilimli bo‘lishi lozim.

Ota-onalar bolalarga kitob tanlashda, ayniqsa, ularning yoshi, ruhiyati, qiziqishi, didini hisobga olishi yoki zarur hollarda mutaxassislar bilan maslahatlashishi lozim. Shu bilan birga farzandi o‘qiyotgan badiiy asarning tarbiyaviy jihatlariga ham e’tibor berish zarur. Buning uchun har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borishi kerak. Masalan, ota-onalarning bu boradagi fikrlari, takliflari o‘rganib chiqilgan holda, sinf kutubxonasini turli qiziqarli badiiy kitoblar bilan boyitib borish maqsadga muvofiq. Qolaversa, ustoz kitoblarni taxlanib turishini emas, balki o‘quvchilar o‘rtasida qo‘lma-qo‘l bo‘lib o‘qilishini ta’minlashi lozim. Bola uyida kitobni hafta davomida o‘qiydi, tushunmagan joylarini oila a’zolari bilan muhokama qilib, uni o‘rganib keladi. Keyingi haftada sinfdan tashqari o‘qish darslarida qo‘lidagi asarni tengdoshlariga so‘zlab beradi. Shu tariqa bir bola o‘qigan kitob, ikkinchi o‘quvchiga o‘tkaziladi.

Yoshlarning kitobni o‘qiganligini isbotlash maqsadida unga asarning o‘ziga yoqqan qismiga rasm chizib kelishni aytish mumkin. Ularni shu tariqa kitob o‘qishga qiziqtirilsa, keyinchalik sinf kutubxonasini o‘zbek tilidagi ertaklarning rus yoki ingliz tilidagi tarjimalari bilan boyitish mumkin. Bu esa yosh avlod qalbida chet tillarini o‘rganishga qiziqish uyg‘otadi va mustaqil o‘zlashtirish malakalarini shakllantiradi.

 

Nasiba BERDIBOYEVA,

Yana o‘qing:  Dilorom momoning yuzinchi bahori

Uchquduq tuman XTMFMTTEB boshlang‘ich ta’lim uslubchisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: