BILIMLI, DONO VA BAXTLI AVLOD

Yaqinda Tailandda matematika fani bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan 56-jahon fan olimpiadasida mamlakatimiz terma jamoasi a’zolari – Buxoro davlat universiteti qoshidagi 3-Qorako‘l akademik litseyi o‘quvchilari Abbos Muhammedov hamda Jamshid Yaxshiyev bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

– Ta’lim olayotgan muassasamizda barcha fanlarni chuqur o‘zlashtirish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan, – deydi Abbos Muhammedov. – O‘quvchilarning qiziqishlariga ko‘ra qo‘shimcha to‘garaklarda ham muntazam ravishda darslar professorlar tomonidan olib boriladi. Zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar keng qo‘llanilmoqda. Fan olimpiadasiga tayyorgarlik jarayonida o‘qituvchilarimiz darsdan keyin ham biz bilan shug‘ullandi. Yurtboshimizning ustozlarimizning mehnatini, biz yoshlarga bildirgan ishonchini oqlashga harakat qilyapmiz.

Darhaqiqat, yoshlarimiz ko‘plab sohalarda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda. Bu ham bo‘lsa, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining oqilona olib borilayotganidan dalolat beradi. Jumladan, o‘quvchi va talabalarimiz xalqaro fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erishib, O‘zbekiston yoshlari hech kimdan kam emasligi va hech qachon kam bo‘lmasligini isbotlamoqda. Tailandda matematika bo‘yicha bo‘lib o‘tgan fan olimpiadasida dunyoning yuzdan ortiq mamlakatlari vakillari o‘rtasida yoshlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etgani fikrimiz dalilidir.

– 3-Qorako‘l akademik litseyi 2009 yilda maktab-internat negizida tashkil etilgan, – deydi litsey direktori, O‘zbekiston xalq o‘qituvchisi To‘xtamurod Jumayev. – O‘tgan davr mobaynida ozmi, ko‘pmi g‘alabalarni qo‘lga kiritdik. O‘quvchilarimiz iqtidorli, o‘z ustida ishlashni kanda qilmaydi. Ta’lim maskani tarbiyalanuvchilari turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha bir necha marta xalqaro olimpiadalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Ular hisobidagi xalqaro medallar soni 33 taga yetdi.

Ulkan zafarlar quchayotgan yoshlarimizga imkoniyatlar eshigi hamisha ochiq. Ular yurtimizda yaratilayotan shart-sharoitlardan oqilona foydalanib, mamlakat istiqboliga hissa qo‘shish bilan birga ajdodlarga munosib avlod bo‘lishga intilmoqda. Darvoqe, sovrindorlar safidan o‘rin olgan bu yoshlar mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlaridan biriga matematika yo‘nalishi bo‘yicha imtiyozli asosda o‘qishga qabul qilinadi.

Dildora QARSHIBOYEVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  ISTIQLOL TARANNUMI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: