BILIM baxt olib keladi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti axborotlariga qaraganda har yili dunyo bo‘yicha 10 million nafarga yaqin xavfli saraton kasalligiga chalingan bemorlar aniqlanadi. O‘sma kasalliklari butun dunyoda dolzarb bo‘lgan kasallik turiga kiradi. Bu holat esa hech bir insonni tashvishlantirmay qo‘ymaydi. Mamlakatimizda mustaqillik sharofati bilan barcha sohalar qatori tibbiyot sohasiga ham juda katta e’tibor qaratilgani bois, bu sohada shifokor olimlar tomonidan tinimsiz izlanishlar olib borilmoqda. Tibbiyot fanlari doktori, Yevropa Onkologlar tashkiloti a’zosi Doniyor Po‘latov ham ana shunday tinib-tinchimas, fidoyi va izlanuvchan olimdir.

Inson bolaligidan kasbga mehr qo‘yishida u o‘sayotgan muhit va atrofdagilar ta’siri kuchli bo‘ladi. Padari buzrukvori Anvar ota muhandis, volidai muhtaramaci Klara aya esa stomatolog sifatida faoliyat yuritgan bo‘lsa-da, yoshligidan tog‘asi kabi jarroh bo‘lishni orzu qilgan Doniyor Po‘latov hozirda tibbiyot fanlari doktori, Respublika Onkologiya ilmiy markazi, I va II kimyoterapiya bo‘limlari ilmiy rahbari.

– Onkologiya sohasi keng bir maydon. Unda qilinishi kerak bo‘lgan ilmiy ishlar, hali bu fanning ochilmagan muammolari talaygina, – deydi lavhamiz qahramoni. – Aynan shu sohaga qiziqish mening onkolog bo‘lishimga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari onkologiya sohasiga qiziqishimga ustozlarim Homid Karimov va Sarimbek Navro‘zov ham sababchi bo‘lgan. Hozirga qadar ulardan maslahat olaman. Shu darajaga yetishishimda ustozlarimning o‘rni beqiyos.

Darvoqe, yuqorida ta’kidlanganidek hozirgi davrda juda dolzarb hisoblangan onkologiya sohasida yechimini kutayotgan ilmiy izlanishlar va saraton kasalligining davosini topish uchun muammolar talaygina. Bu sohada kasallik tarixi, og‘ir bemorlar bilan ishlash shifokor-onkologdan chuqur bilimni talab qiladi. Bu borada D. Po‘latov samarali ishlar olib bormoqda. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘tkazilgan qator xalqaro kongresslarda olim o‘z ma’ruzalari bilan qatnashib kelmoqda. 2010 yildan esa D.Po‘latov Yevropa Onkologlar tashkiloti a’zosi hisoblanadi.

Doniyor Po‘latov talabchan rahbar. Inson salomatligini birinchi o‘ringa qo‘yuvchi, tinib-tinchimas ustoz atrofdagilarga ham shuni uqtirishga urinadi. Ustozlari ta’kidlaganidek: “Kasallikni to‘g‘ri davolash uchun uning kelib chiqishini yaxshi o‘rganish kerak, shunda shifokor tushunib davolaydi. Tabiiyki natijalar ham samarali bo‘ladi”, degan o‘gitga doim amal qiladi.

Shogirdlaridan ikki nafari tibbiyot fanlari nomzodi. Ulardan Majid Abduxalilov hozirda Samarqand Onkologiya dispanseri kimyoterapiya mudiri sifatida faoliyat yuritmoqda. Buxoro Onkologiya dispanseri kimyoterapiya bo‘limida ishlayotgan Lola Sultonova ham ustozi kabi bilimdon va ilmga intiluvchan.

Yana o‘qing:  O‘yinlar fe’l-atvorni shakllantiradi

– Hozirda xavfli hisoblangan o‘sma kasalliklarining kelib chiqishiga asosiy sabab nosog‘lom turmush tarzidir. Shuningdek, bu xastalikka irsiy moyillik ham mavjud. Yana GO‘M (geni o‘zgartirilgan mahsulot)larni, shuningdek, tarkibida kanserogen birikmalarni saqlovchi mahsulotlar iste’mol qilish, ekologik jihatdan noqulay hududlarda kanserogen moddalar ta’sirida bo‘lish, zararli odatlar (ichish, chekish, giyohvand moddalarni iste’mol qilish) ham xavfli hujayralari rivojlanishiga zamin yaratadi. Xavfli o‘sma kasalligi bilan og‘rigan bemorlar nafaqat O‘zbekistonda balki, butun jahonda tobora ortib borishi tashvishli hol. Afsuski, oldinlari bemorlarning aksariyatida kasallik og‘ir bosqichlarda aniqlanib, davo choralari deyarli samara bermasdi. Mustaqillik sharofati bilan tibbiyot sohasiga ham juda katta e’tibor qaratildi. Salomatlik – dunyoning barcha ne’matlaridan ustun. Mustaqillik yaratib bergan ulug‘ imkoniyatlar bo‘lmaganida onkologiya sohasida ham ijobiy natijalarga erishish qayoqda edi deysiz?

Oila – muqaddas dargoh. Insonning kamolotga erishuvida oilaning o‘rni juda katta. Uch nafar farzandning mehribon otasi, bir nafar nevaraning sevimli bobosi Doniyor Po‘latovning oilasi ham faxrlansa arziydigan, o‘zgalarga o‘rnak va ibrat qilib ko‘rsatsa bo‘ladigan oilalar sirasiga kiradi. Olimning turmush o‘rtog‘i Durdona opa Po‘latova tibbiyot fanlari nomzodi. Hozirda Toshkent tibbiyot akademiyasining klinik farmakologiya kafedrasida ish faoliyatini olib bormoqda. Shifokorlar oilasida dunyoga kelgan farzandlarga ham bu ijobiy muhit ta’sir qilmay qolmagan. Oilaning bosh farzandi Kamolaxon Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining VII bosqich talabasi, o‘rtancha qiz Dildoraxon Toshkent tibbiyot akademiyasiga qarashli litseyda tahsil olmoqda. Kenja o‘g‘il Jasurbek esa 9-sinf o‘quvchisi. Iqtidorli farzandlar ham kelajakda ota-ona kasbining munosib davomchilari bo‘lish niyatida.

Vatanga muhabbat oiladan boshlanadi. Doniyor akaning oilasi haqida to‘lqinlanib so‘zlashidan baxtli oilaning egasi ekanligini bilish qiyin emas. Tibbiyot sohasidagi yutuqlari uchun D.Po‘latov 2014 yilda “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Shoir Firdavsiy aytganidek:

Shubha yo‘q, ilmdan tirikdir inson,

Mashaqqat mehnatni yengadi oson.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: