Atrof-muhit musaffoligi

unga barchamiz mas’ulmiz

Keyingi paytda dunyo miqyosida ekologik vaziyat taranglashib, atrof-muhitga jiddiy zarar yetmoqda. Atmosferaning ifloslanishi esa turli yuqumli kasalliklarning avj olishiga sabab bo‘layotir.

Birgina avtomobillardan chiqayotgan karbonad angidrid gazi miqdori kundan-kunga ortib bormoqda. Katta shaharlarda atmosferaga chiqayotgan zararli gazlar umumiy zaharli gazlarning 50 foizini tashkil etmoqda. Bu uglerod oksidi, oksid va azot dioksidi, aldegidlar, uglevodorodlar, qo‘rg‘oshin kabilardir.

Fanda atmosferani ifloslantiradigan 500ga yaqin element aniqlangan. Shuningdek, chang, changli shamollar, sanoatda foydalaniladigan yoqilg‘i tutunlari, kimyo zavod va fabrikalaridan chiquvchi zaharli bug‘lar, chet ellarda uyg‘ongan vulqonlar, yonayotgan neft va o‘rmon va hokazolar yuqorida keltirilgan zararli moddalar ro‘yxatini davom ettiradi.

Taassufki, atmosferaga chegara qo‘yib bo‘lmaydi. Shunday ekan yurtimizda tabiiy ofatlar bo‘lmayapti, biz kimyoviy tahdiddan umuman muhofazalanganmiz, deb bo‘lmaydi. Har bir inson o‘zi va oilasini ongli ravishda va ehtiyot shart ekologik tahdiddan muhofaza qilishi zarur. Buning uchun global muammoni hal etish emas, aksincha oddiygina tavsiyalarga rioya qilinsa, bas.

Inson organizmi 70-80 foiz suvdan iborat. Odam keksaygan sari organizmdagi suv kamayib boradi. Qanchalik toza suv ichishimiz ham bevosita ekologiyaga bog‘liq. Shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra odam kuniga o‘rtacha 1, 5-2, 5 litr toza suv ichishi lozim. Suv og‘ir metall tuz kabi aralashmalardan holi hisoblanib, u insonni turli kasalliklar, xususan, saratondan asraydi.

Yana bir gap. Ekologiyaning ifloslanishi natijasida ona tabiatga ham katta zarar yetmoqda. Shuning uchun har bir inson o‘z oilasining kundalik tanovul qilayotgan meva-sabzavotlariga e’tibor berishi maqsadga muvofiq. Bekalar chet elning chiroyli, lekin kimyoviy moddalarga to‘yingan mahsulotlari o‘rniga, o‘zimizning ekologik toza meva-sabzavotlar va konservantlarsiz yeguliklar bilan farzandlarini voyaga yetkazishsa, ko‘plab muammoning oldi olinadi.

Xulosa qilib aytish kerakki, bugun ekologiya masalasi davlatimiz e’tiborida bo‘lishiga qaramay, yurtimizdagi har bir inson salomatligi o‘z qo‘lida ekanini unutmasligi kerak.

Dildora MAHKAMOVA,

Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya instituti katta o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Ko‘zga nur, ko‘ngilga halovat bag‘ishlab...

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: