ATROF-MUHIT MUHOFAZASI

qonunchilik bilan yanada mustahkamlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi tomonidan Davlatimiz rahbarining “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da belgilab berilgan asosiy vazifalaridan kelib chiqqan holda hamda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ish faoliyati asosiy yo‘nalishlarga muvofiq o‘tgan yilda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga oid qonunchilikni yanada rivojlantirish, markazda va joylarda davlat hokimiyati idoralari, shuningdek, turli ijtimoiy va boshqa tuzilmalarning sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida shu paytgacha qabul qilingan dasturlarning so‘zsiz bajarilishi bo‘yicha mas’uliyatini oshirish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirildi.

Qo‘mita a’zolari tomonidan o‘z ish faoliyatlari davomida atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan samarali foydalanish, mamlakatimizning muhofaza etiladigan tabiiy hududlari maydonlarini kengaytirish hamda biologik xilma-xillikni saqlash, chiqindilarni boshqarish masalalarini takomillashtirish, qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanishni hayotga kengroq joriy etish hamda shu asosda ushbu yo‘nalishlardagi qonunchilikni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘tgan yilda deputatlik tashabbusi asosida 7 ta qonun loyihasi, jumladan 3 ta yangi qonun loyihasini ishlab chiqish va 4 ta amaldagi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish orqali ularni yanada rivojlantirish ustida ish olib borildi.

Muhtaram Yurtboshimizning, “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da ilgari surgan g‘oyalari asosida Ekoharakat deputatlar guruhi va siyosiy partiyalarning Parlamentdagi fraksiya a’zolari, vazirlik va idoralarning mutaxassislari, nodavlat-notijorat tashkilotlar vakillaridan tashkil topgan ekspertlar guruhi bilan hamkorlikda qator qonun loyihalarini ishlab chiqmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi shular jumlasidandir.

Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan amaldagi qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning tizimli va samarali huquqiy mexanizmini yaratish, atrof-muhitni muhofaza qilish, xalqimiz sog‘lig‘ini saqlash hamda shu kabi ijtimoiy ahamiyatga molik boshqa masalalar bo‘yicha muhim davlat dasturlarini amalga oshirishda nodavlat-notijorat tashkilotlari, fuqarolarimiz ishtirokining huquqiy asosini yaratib beradi.

Qonun loyihasini tayyorlash jarayonida AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Belgiya, Fransiya, Yaponiya, Xitoy, Koreya Respublikasi kabi xorijiy davlatlarning atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi qonunchiligi tahlil qilindi. Qonun loyihasining ahamiyati va mazmunini xalqimizga yetkazish maqsadida 100 dan ortiq konferensiyalar, shu jumladan, xalqaro anjumanlar, seminarlar, davra suhbatlari hamda mamlakatimizning barcha hududlarida uchrashuvlar o‘tkazilib, qonun loyihasi keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilindi hamda ommaviy axborot vositalarida yoritib borildi. Ushbu tadbirlarni amalga oshirishda 14 mingdan ziyod fuqarolarimiz va, ayniqsa, yoshlar faol ishtirok etib, ular tomonidan qonun loyihasini takomillashtirish yuzasidan 200 dan ziyod taklif va tavsiyalar berildi. Bu esa qonun loyihasini yanada takomillashtirish jarayonida e’tiborga olindi.

Yana o‘qing:  “KYURIOSITI” MARS SATHINI O‘RGANMOQDA

Shuningdek, ayni kunda “Qayta tiklanuvchan energiya manbalari to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasini ishlab chiqish borasida ishlar olib borilmoqda. Ushbu qonun mamlakatimizda quyosh, shamol, suv, biogaz, vodorod kabi ekologik toza energiya manbalarini tadbiq etish va ulardan foydalanishning huquqiy asoslarini yaratish orqali an’anaviy yoqilg‘i turlari – neft mahsulotlari va ko‘mirdan foydalanish natijasida hosil bo‘ladigan zararli tashlamalarning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish, qayta tiklanuvchan energiya manbalarini mamlakatning umumiy energetika balansiga jalb qilish, markazdan olisda bo‘lgan shaharcha, qishloq va ovullarda istiqomat qiluvchi aholining elektr va issiqlik energiyasiga bo‘lgan talabini yanada yaxshilashga qaratilgan.

Qonun loyihasini tayyorlash jarayonida Ekoharakat deputatlari guruhi a’zolari, aloqador vazirlik, idoralar, Fanlar akademiyasi hamda Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda “Quyosh energiyasini rivojlantirish” loyihasi doirasida, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda qayta tiklanuvchan energiya manbalarining rivojlanish istiqbollari” mavzularida bir qator davra suhbatlari va seminarlar o‘tkazildi.

Ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida qabul qilingan “O‘zbekistonda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ming yillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish borasida qo‘shimcha chora-tadbirlari”da belgilangan “Barqaror rivojlanish prinsiplarini davlat siyosati va dasturlariga integrallashtirish va tabiiy resurslarning yo‘qotilishi jarayonlarini ortga qaytarish” vazifasini amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Fanlar akademiyasi rahbarlarining axborotlari eshitildi. Eshituvda aloqador vazirlik va idoralarning mutaxassislari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi, Jahon banki, YUNYeSKO, YUNYeSEF, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti, Orolni Qutqarish Xalqaro Jamg‘armasi, Davlatlararo suv xo‘jaligi Kengashi Ilmiy tadqiqot markazining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda ekologiya va sog‘liqni saqlash yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan nodavlat-notijorat tashkilotlarning vakillari ishtirok etdilar. 2012 yilda o‘tkazilgan va mintaqada ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan xalqaro forumlarning Markaziy Osiyo mintaqasida suv resurs­laridan samarali foydalanishni bosh­qarishdagi ahamiyati va bu masalada mamlakatimizning prinsipial pozitsiya­si, respublikamizda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ming yillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha belgilangan 16 ta tadbirlarning bajarilishi va erishilgan natijalar muhokamalar markazida bo‘ldi.

Ekologik qonunchilikni yanada takomillashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida amaldagi qonunlarning hamda davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bajarilishi ustidan samarali parlament nazoratini amalga oshirish, “2013 yil – Obod turmush yili” davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda faol ishtirok etish, Konsepsiya doirasida tayyorlangan qonun loyihalarini keng jamoatchilik o‘rtasida tar­g‘ib qilish hamda ommaviy axborot vositalarida yoritib borish — Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasining 2013 yil ish faoliyatining asosiy yo‘nalishlari sifatida belgilangan.

Yana o‘qing:  DSENM: Salomatlik yo‘lida sergak

Sodirjon Jakbarov,

Mavjuda Radjabova,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: