Aliment uchun qayta murojaat qilsam bo‘ladimi?

Turmush o‘rtog‘im bilan qonuniy ajrashganmiz. Bir nafar o‘g‘lim bor. Erimdan farzandimiz uchun aliment olish maqsadida yurganimda, u sud qarorisiz ham bizni moddiy jihatdan ta’minlab turishini va’da qildi. Ammo mana olti oydirki, biror marta bo‘lsa ham men va farzandimiz holidan xabar olmadi. Men aliment uchun qayta murojaat qilsam bo‘ladimi?

Oydin SULTONOVA,

Toshkent shahri

 

Savolingizga Toshkent shahri, Shayxontohur tuman 2-davlat notarial idorasi notariusi

Kamola DJURABAYEVA javob beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 96-moddasida ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishi majburiyati belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, ota-ona voyaga yetmagan farzandlariga ta’minot berishi shart. O‘z majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan sudning hal qiluv qarori yoki buyrug‘iga asosan aliment undiriladi. Voyaga yetmagan bolalarga aliment to‘lash haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmaganda yoki aliment ixtiyoriy ravishda to‘lanmaganda va ota-onadan birortasi ham aliment undirish to‘g‘risida sudga da’vo yoki ariza bilan murojaat qilmagan hollarda, vasiylik va homiylik organlari voyaga yetmagan bolaning ta’minoti uchun ota yoki onadan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atishga haqlidir. Shu bois, turmush o‘rtog‘ingiz farzandi uchun aliment to‘lashga majbur.

Yana o‘qing:  Iqtidorli talabalar va faol professor-o‘qituvchilar taqdirlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: