Aholi salomatligini asrash yo‘lida

Fuqarolarning baxtli, farovon hayot kechirishini kafolatlash, huquq hamda erkinliklarini muhofaza qilish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishilaridan biri sanaladi. Bugun yurtdoshlarimiz barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar, xususan, aholi uchun munosib turmush tarzini yaratish borasida qilinayotgan ezgu va xayrli ishlar natijasini o‘zlarining kundalik turmushi misolida yaqqol his etmoqda.

Aholiga bepul shoshilinch va yuqori malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida eng yuksak talablarga javob beradigan ixtisoslashtirilgan shifoxona va bo‘limlar tarmog‘ining tashkil etilishi bu boradagi islohotlarning samarali natijalaridan biri bo‘ldi, deyish mumkin. Inson salomatligini muhofaza qilish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, har tomonlama sog‘lom avlodni voyaga yetkazish kabi ezgu ishlar hududlardagi tibbiy ixtisoslashgan markazlar faoliyatida o‘z aksini topmoqda. Bu ayni vaqtda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, sohada bugungi kun talablari darajasida ish tashkil etishga olib kelmoqda. Quvonarlisi, poytaxtimizning Sergeli tumanida ham ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga loyiq.

Ayni paytda tumandagi mavjud tibbiyot muassasalarida jami 112 nafar umumiy amaliyot shifokori va 224 nafar umumiy amaliyot hamshiralari faoliyat olib bormoqda. Innovatsion g‘oyalarni amaliyotga keng joriy etish maqsadida hududdagi barcha oilaviy poliklinikalarda aholining elektron bazasi yaratilmoqda. Ushbu qulaylik natijasida bemorlar avvalo elektron ro‘yxatdan o‘tkazilib, so‘ngra shifokor qabuliga kiritiladi. Bu esa ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish, bemorlarning vaqtini tejalishiga xizmat qiladi.

 

So‘nggi ikki yil davomida Prezidentimiz tomonidan tibbiyot sohasini rivojlantirish, sohani tubdan isloh qilishga qaratilgan qator farmon va qarorlar qabul qilinib, hayotga keng tatbiq etilmoqda. Bu borada birlamchi tibbiyot xizmati, shoshilinch va tez tibbiy yordam, ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat, xususiy tibbiyot, aholining reproduktiv salomatligini asrash kabi yo‘nalishlarni yanada takomillashtirish ustuvor vazifa qilib belgilangan. Zero, davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, aholi salomatligini muhofaza qilishni yanada yaxshilash, xalqimizni tibbiyot tizimi faoliyatidan rozi qilish – barchamizning eng muhim vazifamizdir, – deydi Sergeli tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori o‘rinbosari Murakkab Quvatova.

Tibbiyot birlashmasiga ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika bilan birga, hududdagi 5 ta oilaviy poliklinika biriktirilgan. “Salomatlik-3” loyihasi doirasida poliklinikalar zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan to‘liq ta’minlangan. Jumladan, taqdim etilgan 102 ta kompyuter jamlanmasi kasalliklarni erta aniqlash va faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilayotir.

Yana o‘qing:  Daryolar va irmoqlar

Bir so‘z bilan aytganda Sergeli tumanidagi barcha shifo maskanlarida yurtdoshlarimiz salomatligini asrash, aholi o‘rtasida turli kasalliklarning oldini olish, davolash, tibbiy-profilaktika tadbirlari sifatli yo‘lga qo‘yilgan.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: